Kontent qismiga oʻtish

Joanna Gleason

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joanna Gleason
Tavalludi
Joanne Hall

1950-yil 2-iyun (1950-06-02) (76 yosh)
Fuqaroligi Kanada
Kasbi Aktrisa, xonanda
Faoliyat yillari 1977-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Paul G. Gleason
    (turm. 1975; ajr. 1982)
  • Michael Bennahum
    (turm. 1984; ajr. 1990)
  • Chris Sarandon (turm. 1994)
Bolalari 1 nafar
Otasi Monty Hall
Onasi Marilyn Hall

Joanna Gleason (qizlik familyasi: Hall; 1950-yil 2-iyunda tugʻilgan) – kanadalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Tony mukofotiga sazovor boʻlgan musiqali teatr aktrisasi, shuningdek, bir qator taniqli kino va televidenie rollarini ijro etgan aktrisadir. Joanna Stephen Sondheimning Into the Woods musiqiy filmida Bakerning xotini rolini ijro etgani bilan tanilgan. Aktrisa, shuningdek, Mike Nicholsning Heartburn (1985), Woody Allenning Hannah and Her Sisters (1986) hamda Crimes and Misdemeanors (1989) va Paul Thomas Andersonning Boogie Nights (1997)filmarida ham oʻzini namoyish etgan. U Friends, The West Wing, The Good Wife hamda The Affair kabi televizion seriallarda ham turli rollarni ijro etgan.

Joanne Hall Kanadaning Vinnipeg shahrida televizion produser va qiziqarli shoular boshlovchisi Monty Hall va uning rafiqasi Marilyn Hall (qizlik familyasi: Plottel; er-xotin 2017-yilda vafot etgan)[1] oilasida tugʻilgan uch nafar farzandning biridir. U tugʻilganda otasi Kanada bugʻdoy kengashida faoliyat olib borgan va familyasini Halparindan Hollga oʻzgartirgan. Keyinchalik, otasining televideniyedagi faoliyati boshlanadi va Let's Make a Deal boshlovchisi sifatida shuhrat qozonadi[2].

Gleason aktrisalik faoliyatini televideniyeda boshlagan boʻlsa-da, u sahna va musiqali teatr faoliyati bilan mashhurdir. U Broadwaydagi debyutini 1977-yilda I Love My Wife filmida[3] amalga oshirgan. Buning uchun u Teatr olami mukofotiga ham sazovor boʻlgan[4]. Broadwaydagi qoʻshimcha shartnomalari qatoriga Tom Stoppardning The Real Thing, Peter Nicholsning A Day in the Death of Joe Egg,[5] Nick & Nora,[6] Into the Woods, Dirty Rotten Scoundrels[7] hamda The Cartells[8] kabi musiqiy asarlari kiradi. Bu kabi filmlari uchun aktrisa bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, Into the Woodsdagi Bakerning turmush oʻrtogʻi roli uchun Tony mukofoti bilan taqdirlangan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glison uch marta turmushga chiqqan. U, dastlab, aktyorlik murabbiyi Paul G. Gleasonga (aktyor Paul X. Gleason emas, balki Paul Gleason nomi ostida tanilganiga) turmushga chiqdi. Aktrisa familiyasini professional ravishda saqlab qoldi, garchi ular 1982-yil 28-iyunda Nevada shtatida ajrashgan boʻlishsada. Keyinchalik, Michael Bennahum bilan oila qurdi[2]. Gleasonning birinchi turmushidan Aaron David Gleason ismli bitta farzandi bor. Gleasonning ukalari televizion ssenarist/rejissor Sharon Hall Kessler va Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan rejissor Richard Halldir[9].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1986Hannah and Her SistersCarol
1986HeartburnDiana
1989Crimes and MisdemeanorsWendy Stern
1991F/X2Liz Kennedy
1995Mr. Holland's OpusAdult Gertrude
1996Edie & PenMaudie
1997American PerfektShirley
1997Boogie NightsDirk’ning onasi
1997Road EndsArmacost
1999Let the Devil Wear BlackDr. Rona Hackley
2001The Wedding Plannerxonim Donolly
2006Wedding DazeLois
2007The Girl in the ParkSarah
2008Sex and the CityTherapist
2008My Sassy GirlKitty/Sally xola
2008The WomenBarbara
2009The ReboundRoberta Finklestein
2013Last VegasMiriam Harris
2014The Skeleton TwinsJudy

Mukofotlar va nominatsiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mukofot Turkum Sarlavha natija
1985 Tony Award Best Featured Actress in a Play A Day in the Death of Joe Egg Nomzodlikka qoʻyilgan
1988 Best Actress in a Musical Into the Woods Gʻolib
2005 Best Featured Actress in a Musical Dirty Rotten Scoundrels Nomzodlikka qoʻyilgan
1985 Drama Desk Award Outstanding Featured Actress in a Play Joe Egg Nomzodlikka qoʻyilgan
1986 Itʼs Only a Play Gʻolib
Social Security Gʻolib
1988 Outstanding Featured Actress in a Musical Into the Woods Gʻolib
2005 Outstanding Featured Actress in a Musical Dirty Rotten Scoundrels Nomzodlikka qoʻyilgan
1988 Outer Critics Circle Awards Outstanding Actress in a Musical Into the WoodsGʻolib
2005 Outstanding Featured Actress in a Musical Dirty Rotten ScoundrelsNomzodlikka qoʻyilgan
2012 Outstanding Featured Actress in a Play Sons of the ProphetNomzodlikka qoʻyilgan
1977 Theatre World Award — I Love My Wife Gʻolib
  1. ↑ „Joanna Gleason profile“. filmreference.com. Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  2. 1 2 Kleiman, Dena. „Joanna Gleason keeps a secret as acting tool“. The New York Times (4-may 1986-yil).
  3. ↑ Berkvist, Robert. „New Face: Joanna Gleason“. The New York Times (27-may 1977-yil).
  4. ↑ Klein, Alvin. „THEATER; Joanna Gleason: At age 35, a character actress emerges“. The New York Times (23-fevral 1986-yil).
  5. ↑ Rich, Frank. „Stage: Dale and Channing in Nichols's 'Joe Eggʻ“. The New York Times (7-yanvar 1985-yil).
  6. ↑ Rich, Frank. „Review/Theater: Bostwick and Gleason in 'Nick and Nora'“. The New York Times (9-dekabr 1991-yil).
  7. ↑ Jones, Kenneth. „Complete Casting Announced for 'Dirty Rotten Scoundrels' Musical“. Playbill (16-iyul 2004-yil).
  8. ↑ Genzlinger, Neil. „Fit for a Soap, Made for the Stage, the Tribulations of an Oil Family“. The New York Times (19-oktabr 2006-yil).
  9. ↑ Simonson, Robert. „Joanna Gleason: Choosing Parts Wisely“. Playbill (28-sentabr 2011-yil).