Jizzax politexnika instituti
Jizzax politexnika instituti | |
|
Jizzax politexnika instituti binosi | |
Xalqaro nomi |
Jizzakh Polytechnic Institute |
|---|---|
Boshqa nomi |
JizPI |
Ilgarigi nomi |
Toshkent arxitektura va qurilish instituti Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax filiali, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti Jizzax filiali |
| Shiori |
Ilm — taraqqiyot kaliti |
| Turi | Davlat oliy taʼlim muassasasi |
| Asos solingan sanasi | 1992-yil 28-fevral |
| Akkreditatsiya | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| Rektori | Usmankulov Alisher Kadirkulovich |
| Fakultetlar | 7 |
Xodimlar tarkibi |
600 dan ortiq professor-oʻqituvchilar |
| Talabalari | 9500 dan ortiq |
| Bakalavriat | 33 ta yoʻnalish |
| Magistratura | 16 ta mutaxassislik |
| Doktorantura | 4 ta ixtisoslik |
| Manzili |
Islom Karimov shoh koʻchasi, 4-uy , , , 130100 , 40°07′13″N 67°49′42″E / 40.1204°N 67.8282°E |
| Kampusi | 22 300 m² maydon, 3 ta o‘quv binosi, 400 o‘rinli yotoqxona, IT Park va texnopark |
| Tili | oʻzbek tili |
| Ranglari | Moviy va oq |
| Veb-sayti | jizpi.uz |
| Jizzax politexnika instituti logotipi | |
Jizzax politexnika instituti (JizPI) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi davlat oliy taʼlim muassasasi. Institut 1992-yil 28-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni hamda 1992-yil 11-martdagi Vazirlar Mahkamasining 125-sonli qaroriga asosan Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent avtomobil yo‘llari institutlari Jizzax filiallari negizida tashkil etilgan. Shu sababli JizPIning yoshi 1992-yildan emas, balki 1977-yildan hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasasi Jizzax shahrida joylashgan boʻlib, texnika, qurilish, energetika, transport va iqtisodiyot yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.[1]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jizzax politexnika instituti oʻz faoliyatini 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzaxdagi “Umumtexnika fakulteti” sifatida boshlagan. Fakultetga dastlab dotsent N. Yu. Tashlanov rahbarlik qilgan. 1992-yilda institut maqomini olgach, uning negizida Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Jizzax filiallari birlashtirilgan.[2]
Mustaqil institut sifatida faoliyat boshlagan dastlabki davrda rektor lavozimini texnika fanlari nomzodi M. T. Turopov bajargan. 1992-yil oxirida akademik Nosir Rashidovich Rashidov rektor etib tayinlangan. U rahbarlik qilgan yillarda o‘quv-ilmiy faoliyat, moddiy-texnik baza kengaytirildi, yangi fakultet va kafedralar tashkil etildi.
2003-yildan 2012-yilgacha institutni professor Ibrohim Sodiqov boshqargan. Uning davrida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion dasturlar va xalqaro hamkorlik rivojlantirildi. 2012-yildan 2016-yilgacha institutga fizika-matemetika fanlari nomzodi, dotsent Soliyev Ergash Alibekovich rektorlik qilgan. 2016-yildan buyon institutga texnika fanlari doktori, professor Alisher Kadirkulovich Usmankulov rahbarlik qilib kelmoqda.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Institut mamlakat iqtisodiyoti uchun texnik, qurilish, elektroenergetika, transport va ishlab chiqarish sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlaydi. JizPIda 7 ta fakultet, 27 ta kafedra, 33 ta bakalavriat yo‘nalishi va 16 ta magistratura mutaxassisligi mavjud. Shuningdek, 4 ta doktorantura ixtisosligi faoliyat yuritadi. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va elektron ta’lim tizimlari qo‘llaniladi.
Kampus
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jizzax politexnika institutining umumiy maydoni 22 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, unda:
- 1500 oʻrinli asosiy bino;
- 1000 oʻrinli o‘quv-laboratoriya binosi;
- 600 oʻrinli ma’ruza zali;
- 400 oʻrinli talabalar turar joyi;
- sport zali, IT-Park, texnopark, oshxona va dam olish maskanlari mavjud.
So‘nggi yillarda institut kampusi to‘liq rekonstruksiya qilinib, o‘quv xonalari zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. Institut kutubxonasi 60 mingdan ortiq adabiyotga ega bo‘lib, talabalarga ochiq axborot markazi sifatida xizmat qiladi.
Ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Institut professor-o‘qituvchilari Germaniya, Angliya, Shvetsiya va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan:
- Germaniyaning Gamburg texnika universiteti bilan “Iqlim o‘zgarishiga moslashuv” loyihasi;
- Angliyaning Birmingem universiteti bilan “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” dasturi;
- Shvetsiya Qirollik texnologiya universiteti bilan texnik ta’limni modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, JizPI xalqaro “TEMPUS”, “HIGHVEC” va “Erasmus+” dasturlarida ishtirok etib, ta’lim tizimini yangilash bo‘yicha grantlar asosida loyihalarni bajarib kelmoqda.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Fakultet nomi | Yo‘nalish sohasi |
|---|---|---|
| 1 | Arxitektura va qurilish fakulteti | Qurilish, arxitektura va dizayn |
| 2 | Sanoat texnologiyalari fakulteti | Ishlab chiqarish, texnologiyalar |
| 3 | Avtotransport fakulteti | Transport tizimlari va logistika |
| 4 | Elektromexanika va radioelektronika fakulteti | Elektronika, energetika |
| 5 | Servis fakulteti | Xizmat ko‘rsatish, turizm, menejment |
| 6 | Energetika va transport tizimlari fakulteti | Energiya tizimlari va muhandislik |
| 7 | Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti | Boshqaruv, moliya, iqtisodiyot |
Rektorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yillar | Rektor | Ilmiy daraja |
|---|---|---|
| 1977–1983 | N. Yu. Tashlanov | dotsent |
| 1983–1986 | F. H. Qurbonov | professor |
| 1986–1988 | S. I. Ikromov | fan nomzodi |
| 1988–1990 | U. Yu. Yuldashev | dotsent |
| 1991 | A. Yu. Salimov | dotsent |
| 1992 | M. T. Turopov | fan nomzodi |
| 1992–2002 | N. R. Rashidov | akademik |
| 2002–2003 | B. I. Matniyazov | dotsent |
| 2003–2012 | I. S. Sodiqov | professor |
| 2012-2016 | E.A.Soliyev | fan nomzodi, dotsent |
| 2016–hozirgacha | A. K. Usmankulov | texnika fanlari doktori |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |