Jiydasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jiydasoy — Namangan viloyati Pop tumanidagi soy. Sirdaryoning oʻng irmogʻi. Qurama tizmasining jan.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Uzunligi 25 km. Yuqori qismida tor va ancha chuqur vodiyda, juda nishab toshloq oʻzanda oqadi. Bahorning seryogʻin oylarida suvi koʻpayadi, baʼzan sel keladi. Yozda suvi juda ozayib ketadi. J. suvi sugʻorishga sarflanishi tufayli, uning etak qismida koʻpincha suv boʻlmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil