Jinsiy jinoyatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jinsiy jinoyatlar - jinsiy erkinlik va daxleizlikka jinoiy tarzda tajovuz qilish. Jinoyat huquqiga binoan, jamiyatda shakllangan jinsiy axloq qonun-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan shaxslar qonunga koʻra tegishlicha jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKga muvofiq, quyidagi qilmishlar J. j. sirasiga kiradi: nomusga tegish; jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy usulda qondirish; besoqolbozlik; ayolni jinsiy aloqaga majbur etish; 16 yoshga toʻlmagan shaxc bilan jinsiy aloqa qilish. Bu xil jinoyatlar, odatda, jabrlanuvchiga zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib, ruhiy zaifligidan, yoshligidan foydalanib sodir etiladi. J. j. uchun qattiq jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK 118—121, 128—129 moddalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil