Jinoyat ijroiya kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jinoyat ijroiya kodeksi (JIK) — jinoiy jazolarni ijro etish va oʻtash tartibi hamda shartlarini belgilab beruvchi jinoyat ijroiya qonun hujjatlari majmui. Oʻzbekistan Respublikasi JIK 1997-yil 25 aprelda tasdiqlanib, shu yil 1 oktabrdan amalga kiritilgan. JIK umumiy va maxsus qismlardan, 9 boʻlim, 34 bob, 197 moddadan iborat. Ularda, shuningdek, JIKga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlarida jinoiy jazoni, boshqa jinoiy-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlari koʻrsatilgan; mahkumlarning huquqiy maqomi; mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash; mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish; jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibi; mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki belgilab berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil