Kontent qismiga oʻtish

Jim Rohn

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Jim Rohn
Emanuel Jeyms Ron
Tavalludi
Emanuel Jeyms Rohn

1930-yil, 17-sentyabr
Yakima, Vashington,AQSH
Vafoti 2009-yil, 5-dekabr
West Hills, Kaliforniya,AQSH
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Tadbirkor,muallif va motivator

Emanuel Jeyms Ron (1930-yil 17-sentyabr– 2009-yil 5-dekabr), professional sifatida Jim Rohn nomi bilan tanilgan, amerikalik tadbirkor, muallif va motivator edi.Uning hayotiy filosofiyasi "Agar siz koʻp odamlarga xohlagan narsasini olishga yordam bersangiz, siz xohlagan hamma narsaga ega boʻlishingiz mumkin."

Hayotning boshlangʻich davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emanuel Jeyms "Jim" Rohn Vashingtonning Yakima shahrida Emmanuel va Klara Ron oilasida tugʻilgan. Ronlar Aydaxo shtatining Kolduell shahrida fermaga egalik qilishgan va u yerda Jim yolgʻiz farzand sifatida oʻsgan. U kambagʻal oilada tugʻilgan, 30 yoshida millionerga aylangan va 33 yoshida tanazzulga uchragan. Keyinchalik u yana millionerlik shohipasiga koʻtarilgan[1].Jeyms ron bir yildan keyin kollejni tark etadi[2].

U oʻz professional hayotini Sears kompaniyasida inson resurslari menejeri lavozimida ishlashdan boshladi. Taxminan shu lavozimda ishlab yurgan paytlarida bir doʻsti Ronni tadbirkor Jon Erl Shoaffning ma'ruzasiga taklif qiladi. 1955-yilda Ron Shoaffning toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvchi AbundaVita biznesiga distribyutor sifatida qoʻshildi.

1957-yilda Ron AbundaVita kompaniyasidagi distribyutorlik lavozimini tark etdi va boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvchi Nutri-Bio kompaniyasiga qoʻshildi. Kompaniya asoschilari, jumladan, Shoaff ham unga ustozlik qila boshladilar[3]. Ushbu murabbiylikdan soʻng Rohn kompaniyadagi eng yirik tashkilotlardan birini qurdi va rahbarlikni oʻz qoʻliga oldi.1960- yilda, Nutri-Bio Kanadada kengaytirilganda, Shoaff va boshqa asoschilar Ronni tashkilotga mas'ul etib qoʻyishni maqul koʻrishdi.

1960-yillarning boshida Nutri-Bio biznesdan chiqib ketganidan soʻng, Ron oʻzining Rotary klubida nutq soʻzlash uchun taklif qilindi. U buni qabul qildi va koʻp oʻtmay, boshqalar undan turli tushliklarda va boshqa tadbirlarda gapirishni soʻrashdi. 1963-yilda Beverli Hills mehmonxonasida u oʻzining birinchi ommaviy seminarini oʻtkazdi. Keyin u butun mamlakat boʻylab seminarlar oʻtkaza boshladi, u seminarlarda oʻz hikoyasini aytib berardi va shaxsiy rivojlanish falsafasini oʻrgatardi.

1970-yillar davomida Ron Standard Oil kompaniyasi uchun seminarlar oʻtkazdi. Shu bilan birga, u jonli seminarlar va shaxsiy rivojlanish boʻyicha seminarlarni oʻz ichiga olgan "Muvaffaqiyat sarguzashtlari" deb nomlangan shaxsiy rivojlanish biznesida ishtirok etdi. U 40 yildan ortiq vaqt davomida butun dunyo boʻylab seminarlar taqdim etgan. 

Ron 1970-yillarning oxirida Mark R. Xyuz ( Herbalife International asoschisi) va hayot strategi Toni Robbinsga ustozlik qilgan. Ronni oʻz karyeralariga ta'sir koʻrsatgani uchun hurmat qiladigan boshqa mualliflar/ma'ruzachilar Mark Viktor Xansen va Jek Kanfild ( Tovuq shoʻrvasi kitoblari seriyasi), Everton Edvards (Hallmark Innovators Conglomerate), Brayan Treysi, Todd Smit va T. Harv Eker [4][5].Ron Kris Videner bilan birgalikda "Oʻn ikki ustun" romanini yozgan.

Ron 1985-yilda notiqlik mahorati uchun Milliy notiqlar assotsiatsiyasining CPAE mukofotiga sazovor boʻlgan. U 17 ta yozma, audio va video ommaviy axborot vositalarining [6] muallifi, jumladan , “Ambition kuchi”, “Hayotingga mas’ul boʻl ” va “Hayotingni aylantiradigan kun” . Uning koʻpgina nutqlari YouTube va Instagram kabi ijtimoiy media platformalarida bepul mavjud.

Jim Ron 2009-yil 5-dekabrda, 79 yoshida o‘pka fibrozidan vafot etdi. U Kaliforniyaning Glendeyl shahridagi Forest Lawn Memorial Parkiga dafn etilgan.U vafot etgan paytida uning umumiy daromadi $500 million dollar edi.

  • Boylik va baxt uchun 7 ta strategiya: Amerikaning eng yirik biznes faylasufidan kuchli gʻoyalar ( 1996)
  • Muvaffaqiyatli yashash uchun mening falsafam (2011)
  • Ambitsiyaning kuchi (2022)
  • Hayot fasllari (2003)
  • Muvaffaqiyatning 12 ta ustuni (2005)
  • Aql vitaminlari (2018)
  • Muaffaqiyatning 5 kaliti (2018)
  1. Singh, Shivpreet (2016). Jim Rohn: from Rags to Riches, Retrieved 31 August 2016.
  2. „60 Greatest Quotes by Jim Rohn That Will Inspire Your Heart and Soul“ (en-US). Investivate (2017-yil 13-may). Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  3. „Jim Rohn: The Passing of a Personal-Development Legend“ (en). SUCCESS (2010-yil 26-yanvar). 2017-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.
  4. Smith, Todd (2011). "Becoming a Disciplined Person," Little Things Matter. Retrieved 31 August 2016. (Wayback Machine saytida 2024-05-18 sanasida arxivlangan)
  5. Tracy, Brian (2014) "A Tribute to A Legacy: Jim Rohn," Brian Tracy International. Retrieved 31 August 2016.
  6. „Motivation Force: Jim Rohn Biography“. www.motivationforce.com. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.