Jiklyor
Qiyofa
Jiklyor (frans. gicler — purkash, toʻzitish) — ichki yonuv dvigateli silindrlariga beriladigan yonilgʻi (havo) miqdorini cheklaydigan va meʼyorlaydigan detaldagi kalibrlangan teshik. Karbyuratorsa boʻladi. Asosiy, qoʻshimcha, salt yurish, ekonomayzer, tezlatkich va havo J.lari bor. Asosiy va qoʻshimcha J.lar toʻzituvchi naychaga beriladigan yonilgʻini, salt yurish J.i salt yurish kanallariga beriladigan yonilgʻini, ekonomayzer J.i ekonomayzerdan, tezlatkich J.i tezlatish nasosidan keladigan yonilgʻini, havo J.i salt yurish tizimi kanaliga beriladigan havoni cheklab va meʼyorlab turadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |