Jigarrang sous

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Jigarrang sous (fransuzcha: Sauce brune) — fransuz oshxonasidagi asosiy, klassik souslardan biri. Uning juda koʻp turlari mavjud. Fransuz klassik oshxonasida jigarrang sous odatda goʻshtli shoʻrvaning qaynatilishidan hosil qilinadi, baʼzan quyiltirish uchun unga roux qoʻshiladi. Jigarrang sousga misollar espanol, demiglas va boshqa turlarini misol qilish mumkin[1][2].

Jigarrang sousda pishgan shved frikadelkasi. IKEA likopchasida qoʻyilgan

Skandinaviya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daniya oshxonasida jigarrang sous (brun sovs) juda keng tarqalgan sous boʻlib, goʻshtli souslar turiga kiradi. (bugungi kunda koʻpincha bulyon kublaridan tayyorlangan shoʻrvalar bilan almashtiriladi). Roux bilan quyultiriladi, baʼzan karamellangan shakar bilan rang beriladi (brun kulør yoki madkulør). Variatsiyalariga qoʻziqorin sousi, piyozli sous va jigarrang oʻtlli sousi kiradi[3].

Norvegiya versiyasida (brun saus) Daniya jigarrang sousi bilan bir xil tarzda, odatda bugʻdoy unidan tayyorlanadi. Qayla avval sariyogʻni tovada qizdirishdan boshlanadi. Soʻngra bugʻdoy uni qoʻshib, yanada toʻq rangga kirishi kutiladi. Baʼzida ozuqa boʻyoqlari (sukkerkulør, soʻzma-soʻz " rang beruvchi shakar "), soya sousi va Brunust pishlogʻi qoʻshiladi. Sousning taʼmi unda pishgan goʻshtga qarab turli xil taʼmga ega boʻlishi mumkin, chunki odatda goʻshtni dasturxonga tortishdan oldin sousda bir muncha vaqt pishiriladi[4].

Shvetsiya (brunsås) va Finlyandiyada (ruskeakastike) frikadel taomi odatda espanol sousi bilan bir xil tarzda tayyorlanadigan, och jigarrangdagi sous bilan dasturxonga tortiladi, qora va xushboʻy murch, soya sousi, qoraqat jelesi, olma, piyoz, xantal, tomat pyuresi kabi lazzatli ingredientlar qoʻshiladi. Doʻkonlarda tayyor yoki quritilgan holda uchratish mumkin[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]