Jetiboy neft-gaz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jetiboy neft-gaz koni -Qozogʻiston Respublikasining Mangishloq viloyatidagi Yeraliv shaharchasi yaqinida joylashgan. J. n. k. 1961 y.da ochilgan. 1970 y.da ishga tushirilgan. Konda 13 ta samarador qatlam va 26 ta uyum aniqlangan, ulardan bittasida gaz, 13 tasida neft-gaz, 12 tasida neft bor. Eng katta uyumi — 12-gorizontda. Jetiboy koni braxiantiklinal strukturasidan iborat boʻlib, uz. 22 km, eni 6 km, bal. 100 m. Konda trias, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari mavjud, ularning qalinligi 3000 m ga teng . Samarador qatlamlar yura yotqiziqlarida joylashgan.

Kondan olinayotgan neftning zichligi 0,85—0,86 g/sm3, qovushqok/shgi 50° da 10—37 SPZ ga teng . Neft 28—34° da qotadi. Tarkibidagi qatronning miqdori 8—15%, parafin 20—24%, oltingugurt 0,1—0,7%. Kondan 1973 y.da eng koʻp — 3,8 mln.t, 1981 y.gacha 34,2 mln.t neft olingan. Qazib olish markazi — Oqtov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil