Jersi qoramol zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jersi qoramol zoti - suti uchun boqiladigan zot. Eng qad. madaniy zotlardan biri. Angliya tasarrufidagi Jersi o.da chiqarilgan. Ajdodi Normandiya va Bretanning jaydari zotlaridan. Inbridingni koʻp qoʻllash orqali gavda tuzilishining nozik boʻlishiga erishilgan. Rangi malla, sargʻimtir, toʻq qoʻngʻir. Sigirlarida qornining pastki qismi va oyoqlarida ola (oq) joylari bor. Buqalarining tirik vazni 600—700, sigirlariniki 360— 400 kg , sogʻim davrida 3000—3500 kg sut beradi. Sutining yogʻlilik daraja-si 5—6%, baʼzida 8%ga boradi. J.q.z. suti yogʻliligi eng yuqori boʻlgan zot hisoblanadi. Yevropaning koʻpgina mamlakatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya va b. mamlakatlarda tarqalgan. J.q.z. buqalaridan sut yunalishidagi zotlarda sut yogʻliligini oshirish yunalishidagi chatishtirish ishlarida foydalaniladi. J.q.z. buqalari 1968 y.da Oʻzbekistonga keltirildi, 1979—85 y.larda mavjud zotlar suti yogʻliligini oshirish yoʻlida qisman foydalanildi. Lekin bu ishlar yaxshi natija bermadi, olingan duragay mollarda sutning yogʻ miqdori koʻtarilgan boʻlsada, ularning sersutligi va tirik vazni nisbatan kamaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil