Jeongyeon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jeongyeon
Tavalludi
Yoo Kyung-wan

1-noyabr 1996-yil (1996-11-01) (27 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Qoʻshiqchi
Imzosi

Yoo Jeong-yeon (koreyscha: 유정연; 1996-yil 1-noyabrda tugʻilgan), Jeongyeon nomi bilan mashxur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U JYP Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning Twice qizlar guruhi aʼzosi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yo Kyung Wan ismi bilan 1996-yil 1-noyabrda Janubiy Koreyaning Kyongi provinsiyasining Suvon shahrida tugʻilgan.[1] Uning ikkita katta opasi bor, ulardan biri aktrisa Gong Seung Yon.[2][3] Uning otasi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Dae-jung uchun oshpaz boʻlgan.[2] Jeongyeon yoshligida aerobika mashgʻulotlariga qatnashgan va koʻp oʻtmay qoʻshiq va raqsga qiziqib qolgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Debyut oldidan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeongyeon bolaligida JYP Entertainmentga qoʻshilish uchun imtihondan oʻta olmagan, lekin 2010-yil mart oyida ochiq imtihondan oʻtib, agentlikka qoʻshilgan. U Twice bilan debyut qilishdan oldin besh yil davomida mashq qilgan.[4] 2013-yildan 2015-yilning boshigacha Jeongyeon boshqa oʻrganuvchilar va hozirgi Twice guruhdoshlari Nayeon, Sana va Jihyo bilan birga yangi JYP qizlar guruhiga aʼzo boʻlishi kutilgan edi;[5] ammo loyiha bekor qilingan.[6] Keyinchalik 2015-yilda Jeongyeon Twice aʼzolarini aniqlash uchun olib boriladigan Sixteen teledasturida ishtirok etgan.[7] Yakuniy epizodda u guruhning toʻqqiz aʼzosidan biri sifatida tanlangan.[8]

Twice bilan debyut va sogʻliq muammolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

</img>
</img>
2015 va 2016-yillarda Jeongyeon

2015-yil oktyabr oyida Jeongyeon rasman Twice guruhi aʼzosi sifatida birinchi mini-albomi The Story Begins ning chiqarilishi bilan debyut qilgan.[9] „Like Ooh-Ahh“ bosh singli YouTubeʼda 100 million tomoshaga erishgan birinchi K-pop debyut qoʻshigʻi boʻlgan.[10] Jeongyeon va uning opasi 2016-yil iyulidan 2017-yil yanvarigacha Janubiy Koreyaning Inkigayo musiqiy dasturiga boshlovchilik qilishgan,[11] buning uchun ikkalasi ham 2016-yil SBS Entertainment Awards-da Yangi kelganlar mukofotini qoʻlga kiritdganlar.[12] Jeongyeon debyutidan beri u Twicening baʼzi treklarida qoʻshiq muallifi sifatida ham tanilgan. Gallup Koreaning yillik musiqiy soʻrovida Chonyon guruhdoshi Nayeon bilan birga 2016-yildan 2019-yilgacha toʻrt yil davomida Janubiy Koreyadagi eng mashhur 20 ta sevimli qoʻshiqchilar qatoriga kirgan.[13]

2020-yil 17-oktyabrda JYP Entertainment Jeongyeon havotir buzilishlari tufayli tanaffusga chiqishini eʼlon qilgan.[14] U 2021-yil 31-yanvarda 30-Seul musiqa mukofotlari marosimida faoliyatini davom ettirgan.[15] 2021-yil 18-avgustda JYP Entertainment vahima va xavotir buzilishi tufayli Jeongyeonni ikkinchi tanaffusga chiqishini eʼlon qilgan.[16] U 2021-yil oktyabr oyidan boshlab asta-sekin faoliyatini davom ettirmoqda.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqlar roʻyxati, chiqarilgan yili, ijrochi nomi va albom nomi
Nom Yil Ijrochi Albom Izohlar
"Love Line" 2017 Twice Twicetagram Lirist sifatida
"Sweet Talker" 2018 What Is Love?
"LaLaLa" Yes or Yes
"21:29" 2019 Feel Special
"Sweet Summer Day" 2020 More &amp; More
"Celebrate" 2022 Celebrate

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teledasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Manba
2015 Sixteen Ishtirokchi
2016 Muscle Queen Project [17]
Law of the Jungle in New Caledonia Oʻzi [18]
2016-2017 Inkigayo Hamkor boshlovchi Gong Seung-yeon bilan [19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"벌써 몇 년 친구냐" 트와이스 지효, 정연 생일 축하[SNS★컷“] (ko). newsen.co.kr (2018-yil 1-noyabr). 2020-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Vacco-Bolaños. „Who Is Twice's Jeongyeon? She's Got So Many Secret Talents“. Elite Daily (2019-yil 23-noyabr). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  3. „공승연 "동생 트와이스 정연과 '인기가요' MC…마음 단단히 먹어"“ (ko). Nate (2016-yil 20-iyul). 2019-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  4. Moon. „Everything to Know About K-Pop Group Twice“. Time (2019-yil 20-sentyabr). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  5. „9 things to know about Twice's Jihyo“. SBS (2019-yil 1-fevral). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  6. „[단독'선미 피처링' 리나, JYP新걸그룹 데뷔..미모·실력 겸비“] (ko). Naver. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  7. Won. „'Sixteen' compete for spot in JYP's next girl group“. The Korea Herald (2015-yil 29-aprel). 2015-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  8. „'식스틴' 시청자 투표 마감, 쯔위 1위-나띠 12위..상위 7명은 누구?“ (ko). Naver (2015-yil 7-iyul). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  9. Kim. „Twice unveils debut album 'The Story Begins'“. The Korea Herald (2015-yil 20-oktyabr). 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  10. Moon. „K-Pop Powerhouse Twice Opens Up About How Their New Album Is More Personal Than Ever“. Time (2019-yil 9-oktyabr). 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  11. „'인기가요' 측 "공승연·정연·김민석 22일 마지막 방송..후임 물색중"(공식입장)“ (ko). stoo.asiae.co.kr (2017-yil 16-yanvar). 2020-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  12. Jung Joon-hwa. „[2016 SBS 연예대상 신동엽. 26년 만의 대상.."하늘에 계신 母의 선물" (종합)“] (ko). OSEN. The Chosun Ilbo (2016-yil 26-dekabr). 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  13. „2016년 올해를 빛낸 가수와 가요 – 최근 10년간 추이 포함, 아이돌 선호도“ (ko). Gallup Korea (2016-yil 20-dekabr). 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  14. Oh Bo-ram. „트와이스 정연, 활동 잠정 중단…"컴백 준비 중 불안감 겪어"“ (ko). Yonhap News (2020-yil 17-oktyabr). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  15. Park Se-yeon. „트와이스 정연, 활동중단 딛고 모처럼 무대 나들이[서울가요대상“] (ko). Maeil Economic Daily (2021-yil 31-yanvar). 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  16. Han Hae-seon. „트와이스 정연, 활동 중단.."공황·심리적 불안 장애"[전문“] (ko). MT Star News (2021-yil 18-avgust). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  17. Han In-gu. „[단독 KBS 설 파일럿 '머슬퀸' 방송, 정연·찬미·수빈·경리 출연“] (ko). X-sports News (2016-yil 18-yanvar). 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  18. Choi Bo-ran. „[단독 트와이스 정연, '정글의 법칙' 합류…뉴칼레도니아 간다“] (ko). Sports Chosun (2015-yil 18-may). 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  19. Park Jin-young. „트와이스 정연·공승연·김민석, '인기가요' 고정 MC 확정 [공식입장“] (ko). Osen (2016-yil 22-iyun). 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.