Kontent qismiga oʻtish

Jensen Huang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jensen Huang
Huang 2023-yilda
Tugʻilgan (1963-02-17) 1963-yil 17-fevral tugʻilgan
Tainan, Tayvan
Taʼlim Oregon davlat universiteti (BS) Stanford universiteti (MS)

Kasblar Aosiy kasbi elektr muhandisi

Nvidia kompaniyasi prezident va bosh direktor boʻlgan

Nom Nvidia korporatsiyasi asoschisi, prezidenti va bosh direktori
Rafiqasi Lori Huang
Bolalar 2[1]
Qarindoshlar Lisa Su

AMD raisi

Jen-hsun „Jensen“ Huang 1963-yil 17-fevralda tugʻilgan[2]. U Amerikalik biznesmen, elektrotexnika muhandisi, Nvidia kompaniyasi prezident va bosh direktor boʻlgan. U 1993-yilda 30 yoshida Nvidia kompaniyasiga asos solgan. Uning kompaniyasi 2024-yil iyun oyida dunyodagi ikkinchi yirik kompaniyaga aylangan[3]. 2024-yil iyun oyida Forbes Xuangning boyligini 114 milliard dollarga baholandi. Dunyodagi eng boy insonlar qatorida Mukesh Ambani 12-oʻrinni egallagan[4][5].

Erta hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huang 1963-yil 17-fevralda Tayvanning Taynan shahrida tugʻilgan. U 5 yoshiligida oilasi Tailandga koʻchib oʻtgan. U 9 yoshga toʻlganida akasi Vashingtonning Tacoma shahridagi amakisinikiga yashash uchun yuborilgan. U 10 yoshida, Kentukki shtatining Oneida shahridagi boshlangʻich maktabida oʻqiyotganda akasi bilan bolalar yotoqxonasida yashagan[6]. Bir necha yil oʻtgach, ularning ota-onalari ham Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtishgan. Huang Aloxa shahridagi oʻrta maktabini tamomlagan. U 2 yilni oʻtkazib yuborgan. Keyin u oʻn 16 yoshida maktabni bitirgan. 1980-yillarda Oregonda ulgʻayganida, Huang mahalliy Denni restoranida ishga kirgan. U yerda avtobuschi va ofitsiant boʻlib ishlagan.

Huang 1984-yilda Oregon shtatining universitetida elektrotexnika boʻyicha bakalavriat darajasini tugatgan[7]. Keyin 1992-yilda Stenford universitetida elektrotexnika boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huang LSI Logic kompaniyasida CoreWare direktori va Advanced Micro Devices (AMD) da mikroprotsessor dizayneri boʻlib ishlagan[8]. 1993-yilda, 30 yoshida Kris Malachovskiy va Kertis Priem bilan birgalikda Nvidia kompaniyasiga asos solgan. Keyin u kampaniyaning bosh direktori va prezidenti boʻlgan. 2024-yildan Huang Nvidia kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlib kelgan. U Nvidiaʼning 3,6% aksiyasiga egalik qilgan[9]. U 1999-yilda birjaga chiqgan. U 2007-yilda bosh direktor sifatida 24,6 million mablagʻ ishlab topgan. Forbes hisoblashi boʻyicha u 61-oʻrinni egallagan. Uning sof boyligi 2019-yilda 3 milliard AQSh dollar va 2024-yilning may oyida 90 milliard dollargacha koʻtarilgan. 2024-yil iyun oyida Nvidiaʼning bozor kapitallashuvi birinchi marta 3 trillion AQSH dollariga yetdi va Huangning sof boyligi 100 milliard AQSh dollarigacha oʻsgan. Oʻsha paytga kelib, ommaviy axborot vositalari Huangning Tayvandagi mashhur maqomiga ishora qilish uchun „Jensanity“ atamasini ishatgan. U 2012-yildagi „Linsanity“ fenomeni bilan solishtirilgan. Huang Taypeydagi Computex 2024-yilda eʼtibor markazida boʻlgan[10]. Koʻp sonli muxlislar va paparatsilar Huang va uning oila aʼzolari 2024-yilgi tashrifi chogʻida har safar omma oldiga chiqqanlarida ularni kuzatib borishgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jensen Huang SC18da
Jensen Huang TaypendeTaipei
  • 1999-yil: Ernst Young tomonidan yuqori texnologiyalar sohasida yil tadbirkori.
  • 2002-yil: Janubiy Kaliforniya universitetidan Daniel J. Epshteyn muhandislik boshqaruvi mukofotini olgan. 2004-yil: Fables Semiconductor Assotsiatsiyasining Doktor Morris Chang namunali yetakchilik mukofotiga sazovor boʻlgan.
  • 2005-yil: Oregon shtat universiteti bitiruvchilari nominatsiyasi bilan taqdirlangan.
  • 2007-yil: Korporativ va xayriya dunyosidagi faoliyati uchun Silikon vodiysi taʼlim jamgʻarmasining Kashshof biznes yetakchisi mukofotiga sazovor boʻlgan.
  • 2009-yil iyun: Oregon shtati universitetining faxriy doktori unvonini olgan.
  • 2018-yil: Edge 50 roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, chekka hisoblash boʻyicha dunyodagi eng yaxshi 50 ta taʼsir koʻrsatuvchi roʻyxatga kiritilgan.
  • 2019-yil oktyabr: Garvard Business Review tomonidan dunyodagi eng yaxshi ishlagan bosh direktor deb topilgan.
  • 2020-yil noyabr: Automotive News Europe Eurostars tomonidan „Yilning yetkazib beruvchi bosh direktori“ deb topilgan.
  • 2020-yil noyabr: Milliy Tayvan universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan.
  • 2021-2024 yillar: Time 100, Time jurnalining dunyodagi eng nufuzli 100 kishining yillik roʻyxatiga kiritilgan. 2024-yil fevral: Milliy muhandislik akademiyasiga „sunʼiy intellekt inqilobini kuchaytiruvchi yuqori quvvatli grafik ishlov berish bloklari uchun“ saylangan.
  • 2024-yil may: Gold House tomonidan A1 mukofoti sovrindori sifatida tan olingan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huang oʻzining boʻlajak rafiqasi Lori Millsni uchratgan. U oʻsha paytda uning muhandislik laboratoriyasi hamkori edi. Ularning ikki farzandi bor: Spenser Huang va Medison Huang Spenser[11]. 2015-yilda Taypeyda bar ochgan. Forbes tomonidan Osiyodagi eng yaxshi 50 ta bardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Bar 2021-yil may oyida yopilgan. Huang oilasi Nvidia 1999-yilda ommaga taqdim etilishidan oldin oddiy uylarida yashagan. 2003-yilda ular Los-Altos-Xillzdagi (Kaliforniya) kattaroq uyga koʻchib oʻtishgan[12]. 2004-yilda Gavayidagi Vailea shahridagi ikkinchi uyga ega boʻlishgan. 2017-yilda San-Frantsiskodagi saroyni 38 million dollarga sotib olgani xabar qilingan. Huang va AMD raisi va bosh direktori Liza Su qarindoshlardir[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „多圖|黃仁勳混血帥兒曝光!結束台北酒吧 進NVIDIA幫老爸做這事|壹蘋新聞網“. Nextapple (in Chinese (Taiwan)). May 31, 2023. Archived from the original on October 3, 2023. Retrieved June 10, 2023.
  2. Nextapple (in Chinese (Taiwan)). May 31, 2023. Archived from the original on October 3, 2023. Retrieved June 10, 2023.
  3. Nimmo, Jamie (July 4, 2020). „'It would be a tragedy if ARM did not move into the new era,' says Nvidia boss Jensen Huang“
  4. "Jensen Huang". NVIDIA. Archived from the original on May 31, 2021. Retrieved August 6, 2015.
  5. Jensen Huang". Forbes. May 29, 2024. Retrieved May 29, 2024
  6. Rogoway, Mike (June 2, 2008). „The Silicon Forest Blog: NVIDIA v. Intel: Rivalry heating up“. The Oregonian. Archived from the original on March 3, 2016. Retrieved June 2, 2008.
  7. Takahashi, Dean (September 26, 2023). „Jensen Huang returns to Denny’s where trillion-dollar company began“
  8. Time. September 7, 2023. Archived from the original on November 6, 2023. Retrieved November 6, 2023.
  9. Forbes. April 30, 2008. Archived from the original on May 9, 2008. Retrieved November 15, 2021.
  10. Gurdus, Lizzy (May 6, 2018). „Nvidia CEO: My mom taught me English a 'random 10 words at a timeʼ before we emigrated from Taiwan“
  11. Tilley, Aaron (November 30, 2016). „The New Intel: How Nvidia Went From Powering Video Games To Revolutionizing Artificial Intelligence“
  12. Fitch, Asa (February 26, 2024). „Nvidiaʼs Stunning Ascent Has Also Made It a Giant Target“
  13. Lin, Liza; Wang, Joyu; Jie, Yang (June 8, 2024). „Nvidiaʼs Jensen Huang Finds Celebrity Status“

Havolalar