Kontent qismiga oʻtish

Jennie Anderson Froiseth

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jennie Anderson Froiseth

Jennie Anderson Froiseth, 1910-yil
Tavalludi
Jennie Anderson

6-dekabr 1849-yil
Irlandiya
Vafoti 7-fevral 1930-yil(1930-02-07)
(80 yoshda)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Suffragist
Turmush oʻrtogʻi
Bernard Arnold Martin Froiseth (turm. 1871–1922)
Otasi Finley Anderson[1]
Onasi Sarah Strong Anderson

Jennie Anderson Froiseth (1849-yil 6-dekabr - 1930-yil 7-fevral)[2]. Yuta hududida mormon boʻlmagan ayollar uchun moʻljallangan “Koʻk choy” adabiy klubining asoschilaridan bo'lgan. Ko'k choy kayingi davrda o'z nomini "Xonimlar" adabiyot klubiga o'zgartiradi. U ko'pxotinlilikka qarshi kurashchi bo'lib, Yuta shtatidagi ko'pxotinlikka qarshi jamiyatning vitse-prezidenti bo'lgan. Froiseth uch yil davomida yozgan va keyinchalik "Mormonizm ayollari" kitobini tahrir qilgan "Ko'pxotinlilikka qarshi standart" ni nashr etdi, bu kitobda ba'zi mormon ayollarining ko'pxotinli nikohlardagi kamchiliklari haqida batafsil tasvirlangan. U ayollar huquqlarini qattiq himoya qilgan va Yuta hududiga bu huquqni olib kelishda katta rol o'ynagan, keyinchalik u Yuta ayollarining saylov huquqi uyushmasining vitse-prezidenti bo'lgan. Ayollarning saylov huquqining kuchli tarafdori bo'lsa-da, u mormon ayollari ko'pxotinlilikka barham berilmaguncha ovoz berish huquqiga ega bo'lmasligi kerak deb hisoblardi.

Hayotining boshlang'ich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irlandiyada tug'ilgan Froiset oilasi bilan AQShga kelgan va Nyu-Yorkda istiqomat qilgan . 1866 yilda Froiset otasi [1] polkovnik Finli Anderson va onasi Sara Strong Anderson bilan Yevropaga sayohat qiladi. Froiset chet elda Yevvropada o'qishni o'tkazgan besh yil davomida mualliflar Charlz Dikkens, Robert Brauning va Uilyam Makepis Tekerey Anderson uyida mehmon bo'lishadi [2]. 1870- yilda Qo'shma Shtatlarga qaytib kelganidan so'ng, u G'arbdagi New York Herald gazetasi uchun maxsus topshiriqda bo'lgan Finli bilan Yuta hududiga sayohat qildi. Yuta shtatida ular Fort Duglasda istiqomat qilishgan, u yerda u Bernard Arnold Martin Froiset bilan uchrashgan. Bernard va Jenni 1871 yil 8 iyunda Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Muqaddas Uch Birlik cherkovida turmush qurishadi. Bernard Yuta hududiga tayinlangan armiya tadqiqotchisi edi va to'ydan keyin ular G'arbga qaytishadi [3].

  1. 1,0 1,1 Binheim, Max. Women of the West; a series of biographical sketches of living eminent women in the eleven western states of the United States of America, 1928 — 174 bet.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Women of the West; a series of biog" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 Scott, Patricia Lyn (Winter 2003). "Jennie Anderson Froiseth and the Blue Tea". Utah Historical Quarterly 71 (1): 20–35. doi:10.2307/45062759.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "The Blue Tea" defined multiple times with different content
  3. Bennion, Sherilyn Cox. Equal to the Occasion. Reno and Las Vegas: University of Nevada Press, 1990 — 43–46 bet. ISBN 978-0-87417-163-1.