Jemil Karikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jemil Karikov
Tavalludi 28-iyul 1960-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi musiqachi, bastakor

Jemil Yenverovich Karikov (Джеміль Енверович Каріков, 1960-yil 28-iyul, Begobod, SSSR) – qrim-tatar folklorshunos musiqachisi va bastakori. Xor va simfonik orkestr uchun Qrim-tatar milliy madhiyasining aranjirovkasi muallifi. Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2015).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jemil Yenverovich 1960-yil 28-iyulda Oʻzbekistonning Begobod shahrida tavallud topgan. Suxum davlat musiqa bilim yurtini (xalq cholgʻulari fakulteti), soʻngra Toshkent davlat konservatoriyasining nazariy-kompozitsiya boʻlimini imtiyozli diplom bilan tugatgan[1].

Xaytarma ansamblining musiqiy direktori va Qrim-tatar drama teatrining bosh dirijyori boʻlib ishlagan. U „Qrim“ telekanalining musiqa muharriri lavozimida faoliyat yuritgan. 2004-yilda „Maqom“ anʼanaviy musiqa ansamblini yaratish tashabbusi bilan chiqqan va buning natijasida deyarli unutilgan koʻplab xalq qoʻshiqlari yodga olingan. Karikov qator milliy cholgʻu asboblari (saz, bogʻlama, kaval, santir, kemenche, zurna, nay)ning tiklanishiga hissa qoʻshgan. „Maqom“ spektaklida uzoq yillardan buyon ilk bor xonlik davri qoʻshiqlari yangragan. Jemil Karikov xor va simfonik orkestr uchun Qrim-tatar milliy madhiyasining aranjirovkasi muallifidir. U P. I. Chaykovskiy nomidagi Simferopol musiqa maktabida dars bergan[2].

Karikov bir necha bor Ukraina, Turkiya, Germaniya, Polsha va Rossiyada Qrim-tatar musiqa sanʼatini namoyish etgan. „Alim“, „Evlenyuv“, „Antikvar tukani“, „Aynenni“ (Qrim-tatar akademik musiqa va drama teatri) spektakllariga musiqa bastalagan. „Kadimiy chalgi aletleri“ teleloyihalarining hammuallifi (Старовинні музичні інструменти) va ATR telekanalida „Yirla, sazim“, „Xaytarma“ badiiy filmining bastakori boʻlgan.

Jemili Karikov 2015-yil noyabr oyida „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2016-yil sentyabr oyida „Qrim uyi“ davlat korxonasi direktori oʻrinbosari lavozimini faoliyat olib borgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Каріков Джеміль Енверович“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  2. „Джемиль Кариков: Мы должны возродить в Крыму традиционный саунд“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.