Jeffrey Talan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jeffrey Talan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jeffrey Dennis Talan
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1971-yil (1971-09-29) (52 yosh)
Tavallud joyi Katwijk, Niderlandiya
Boʻyi 1.75 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Almere City (yordamchi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—1989 VV Katwijk
1989—1990 ADO Den Haag
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1995 ADO Den Haag 90 (18)
1995—2002 Heerenveen 167 (41)
Milliy terma jamoa
1998—2000 Niderlandiya 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jeffri Dennis Talan (1971-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Almere City jamoasining yordamchi murabbiyi. Gollandiya terma jamoasi safida 8ta o‘yin o‘tkazib, bir marta gol urgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Den Haag[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talan ilk faoliyatini VV Katwijk safida boshlagan[2]. Keyini FC Den Haagga oʻtgan. 1990—1991-yilgi mavsumda FC Volendamga qarshi oʻyinda Emiel van Eijkerenning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib Erediviziyada debyuti qildi[3]. Birinchi professional golini 1991-yil 22-sentyabrda Groningenga qarshi o‘yinda (2:2) kiritgan[4][5].

Heerenveen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uch mavsum davomida ADO bilan oʻynaganidan soʻng, Talan 1995-yilning yozida Erediviziya klubi SC Heerenveen bilan shartnoma imzoladi[6][7]. 1995-yilning 15-iyulida UEFA Intertoto kubogi doirasida Vengriyaning Békéscsaba klubiga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida Johan Hansmaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut qildi[8]. Klubdagi ilk golini 4-oktyabr kuni NECqarshi oʻyinda (3:1) kiritdi[9]. 1996-yilning 6-aprelida Utrechtga qarshi o‘yinda (4:2) o‘zining ilk xet-trikini qayd etdi[10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yil 10-oktabrda Talan Niderlandiya terma jamoasida Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga yangi bosh murabbiy Frank Rijkaard tomonidan ilk chaqiruvini oldi[11]. Gollandiya va Belgiya mezbonlik qilgan UEFA Yevro-2000 musobaqasi arafasida terma jamoa safida 5 ta oʻyinda maydonga tushdi. Murobaqada Talan tizzasidan jiddiy jarohat olib, safdan chiqdi. Turnirdan soʻng, yangi bosh murabbiy Louia van Gaal Talanni 2002-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi uchta oʻyinga chaqirdi[12].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talan 2010-yilda SC Heerenveen jamoasida yoshlar murabbiyi, 2016-yilda esa klubning yoshlar akademiyasi rahbari boʻldi[13]. 2019—2020-yilgi mavsumdan boshlab asosiy jamoada yordamchi murabbiy boʻlib ishlay boshladi[14]. 2021-yilning iyunida, shartnomasi muddati tugaganidan keyin klubni tark etdi[15].

2022-yil 27-iyunda Almere City Talanni klubning yordamchi murabbiy etib tayinladi[16].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akasi Rick Talan 1981-yilda AZ '67 bilan Erediviziya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2015-yil sentyabr oyida 54 yoshida miya shishi tufayli vafot etgan[17].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Den Haag 1990—1991 Erediviziya 5 0 0 0 5 0
1991—1992 Erediviziya 13 1 0 0 13 1
1992—1993 Eerste Diviziya 30 5 0 0 30 5
1993—1994 Eerste Diviziya 23 3 0 0 23 3
1994—1995 Eerste Diviziya 19 6 0 0 19 6
Jami 90 15 0 0 90 15
Heerenveen 1995—1996 Erediviziya 26 9 0 0 4[lower-alpha 1] 0 30 9
1996—1997 Erediviziya 23 4 1 1 4[lower-alpha 1] 1 28 6
1997—1998 Erediviziya 10 2 2 0 4[lower-alpha 1] 2 16 4
1998—1999 Erediviziya 31 8 1 0 3[lower-alpha 2] 1 35 9
1999-2000 Erediviziya 24 9 0 0 4[lower-alpha 1] 0 28 9
2000—2001 Erediviziya 32 7 1 0 6[lower-alpha 3] 1 39 8
2001—2002 Erediviziya 19 2 0 0 4[lower-alpha 1] 1 23 3
2002—2003 Erediviziya 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 167 41 5 0 29 6 201 47
Jami faoliyati 257 56 5 0 29 6 291 62
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Appearances in UEFA Intertoto Cup
  2. Appearances in UEFA Cup Winners' Cup
  3. Appearances in UEFA Champions League

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Niderlandiya 1998 3 0
2000 5 1
Jami 8 1
Jeffrey Talan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2-sentyabr, 2000-yil Amsterdam Arena, Amsterdam, Niderlandiya  Ireland 1—2 2—2 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi [18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jeffrey Talan“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  2. Oostdam, Gerben. „De liefde van Jeffrey Talan voor Katwijk roest niet“ (nl). Voetbal in de Bollenstreek (2016-yil 8-sentyabr).
  3. „FC Volendam – FC Den Haag 0:2 (Eredivisie 1990/1991, 4. Round)“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  4. „FC Den Haag – FC Groningen 2:2 (Eredivisie 1991/1992, 8. Round)“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  5. „Knoeiend Den Haag brengt Go Ahead dicht bij eredivisie“ (nl-NL). Trouw (1992-yil 4-iyun).
  6. „Talan mag spelen voor Heerenveen“ (nl). Leidsch Dagblad (1995-yil 15-iyul), s. 21.
  7. „FOTO’S | Jeffrey Talan is blij om weer veel op het veld te staan“ (nl). Heerenveense Courant (2020-yil 23-yanvar).
  8. „sc Heerenveen – Békéscsabai Előre FC 4:0 (UI-Cup 1995/1996, Group 4)“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  9. „NEC Nijmegen – sc Heerenveen 1:3 (Eredivisie 1995/1996, 8. Round)“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  10. „sc Heerenveen – FC Utrecht 4:2 (Eredivisie 1995/1996, 29. Round)“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  11. Verkamman, Matty. „Talan moet Oranje meer leven op rechts geven“ (nl-NL). Trouw (1998-yil 10-oktyabr).
  12. Vink. „Omringd door de wereldtop“ (nl). onsoranje (2010-yil 7-oktyabr). 2010-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Jeffrey Talan hoofd opleidingen sc Heerenveen“ (nl). sc Heerenveen (2016-yil 18-mart). 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Spijkerman en Talan assistenten van hoofdtrainer Jansen“ (nl). sc Heerenveen (2019-yil 15-iyun). 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „sc Heerenveen verlengt niet contract met assistent-trainer Jeffrey Talan“ (nl). Haaglanden voetbal (2021-yil 1-iyun).
  16. „Jeffrey Talan nieuwe assistent-trainer, Tim Bakens naar Helmond“ (nl). Almere City FC (2022-yil 27-iyun). 2022-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  17. „Oud-prof Ricky Talan (54) overleden“ (nl). Voetbal International (2015-yil 30-sentyabr).
  18. „Netherlands – Republic of Ireland“. FIFA. 2007-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.