Jeffrey Dean Morgan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jeffrey Dean Morgan

Jeffrey Dean Morgan (talaffuzi: Jeffrey Dean Morgan, 1966--yil 22-aprelda tugʻilgan[1]) amerikalik kino va televideniye aktyoridir. The Walking Dead (2016—2022) teleserialidagi roli ortidan shuhrat qozongan.

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeffrey Dean Morgan 1966-yil 22-aprelda Vashingtonning Sietl shahrida Sandy Tomas va Richard Dean Morgan oilasida tug‘ilgan. Oʻrta Rouz Hilldagi Franklin boshlangʻich maktabiga borgan. Morgan 1984-yilda Leyk Vashington oʻrta maktabini tamomlagan. Jeffrey professional basketbolchi boʻlishni xohladi, ammo jarohati uni sportni tark etishga majbur qildi. Bir muncha vaqt u rasm chizish va yozish bilan shugʻullangan, ammo Los-Anjelesga koʻchib oʻtgach, Morgan kino sanoatiga kirdi[2].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morganning birinchi rollari teleseriallarda boʻlgan („Uncaged Campaigns“, " Ajoyib Uoker: Texascha adolat ", „ Tez Yordam-Ingl:ER“). U mashhur " Grey Anatomiyasi " va " Gʻayritabiiy " teleseriallarida rol oʻynagan. 2014-yilda u Daniyalik rejissyor Kristian Levringning vestern yoʻnalishdagi " Qutqaruv " filmida Delaryu rolini oʻynadi.

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morgan 1992-yildan 1993-yilgacha aktrisa Anya Longwell bilan turmush qurgan. U Weeds teleseriali Meri-Luiz Parker bilan unashtirilgan edi, lekin ular 2008-yil aprel oyida ajralishdi[3][4][5].

2009-yilda Morgan aktrisa Hilari Burton bilan uchrashishni boshladi. Ular 2019-yil 5-oktabrda turmush qurishdi[6]. Ularning ikki farzandi bor — oʻgʻli Avgust Morgan (2010-yilda tugʻilgan)[7] va qizi Jorj Virjiniya Morgan (2018-yilda tugʻilgan)[8]. Morgan va Burton Nyu-Yorkning Reynbek shahridagi fermada yashaydi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Boland, Yasmin. Horoscope. TV Guide (2021-yil 16-avgust), s. 72.
  2. „Biography“ (en). JDMorgan.NET. 2017-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
  3. White N. „Mary-Louise Parker, Jeffrey Dean Morgan Split“ (en). People (2007-yil 26-iyun). 2012-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-oktyabr.
  4. Rush G. „Mary-Louise Parker and Jeffrey Dean Morgan engaged“ (en). NY Daily News (2008-yil 14-fevral). 2012-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-oktyabr.
  5. „Mary-Louise Parker, Fiancé Break Off Engagement“ (en). People (2008-yil 8-aprel). 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  6. Trepany, Charles. „Hilarie Burton, Jeffrey Dean Morgan married, reveal Instagram surprise“ (en). USA Today (2019-yil 7-oktyabr). 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.
  7. „Jeffrey Dean Morgan, Hilarie Burton Welcome Baby“ (en). US Weekly (2010-yil 6-may). 2012-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
  8. Juneau J. „Meet George Virginia! Hilarie Burton Shares First Photos of Daughter with Jeffrey Dean Morgan“ (en). People (2018-yil 6-mart). 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-mart.
  9. Rorke, Robert. „Versatile Jeffrey Dean Morgan is on TV’s most wanted list“ (en). New York Post (2015-yil 22-iyul). 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.