Kontent qismiga oʻtish

Jean Zaleski

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean Zaleski
Tavalludi
Jean Busuttil

11-aprel 1920[1]
Birkirka, Malta
Vafoti 2-may 2010
Mukofotlari Susan B. Anthony (1986-yil)
2019-yilgi koʻrgazmadan fotosurat, Maltadagi yoki Malta bilan aloqasi boʻlgan ayol rassomlarning Valletta shahridagi Spazju Kreattiv koʻrgazmasi[2].

Jean Zaleski (tugʻilgan vaqtdagi ismi: Jean Busuttil, shuningdek, Jean Busuttil Zaleski nomi bilan ham tanilgan; Birkirkara, Malta, 1920-yil 11-aprel – 2010-yil 2-may) – hayotining koʻp qismini Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazgan maltalik ayol rassom. Uning ishi AQSh va Maltadagi bir nechta koʻrgazmalarda namoyish etilgan[3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jean Busuttil Birkirkara shahrida[4] 1920-yil 11-aprelda tugʻilgan. U oiladagi 11 nafar farzandning eng kichigi boʻlgan. 8 yoshida Jean Zaleski oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan[5].

Taʼlimi va mukofotlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jean Zaleski Amerika Qoʻshma Shtatlarining Filadelfiya shahridagi Mur sanʼat va dizayn kollejida, Nyu-Yorkdagi Pratt instituti, Parsons dizayn maktabi va Sanʼat talabalari ligasida rassomlik yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. 1986-yilda u Ayollar Milliy Tashkilotining rassomchilik sohasida Susan B. Anthony mukofotini qoʻlga kiritgan[6] va Prezident Jimmy Carter tomonidan 1975-yilda besh nafar rassom ayollar delegatsiyasi tarkibida Oq uyga[3] taklif qilingan[7][ yaxshiroq manba kerak ]

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jean Zaleskining rasmlari hayoti davomida va vafotidan keyin ham turli koʻrgazmalarda namoyish etilgan.

Badiiy koʻrgazmalardan tashqari, uning rasmlari kitoblarda ham chop etilgan. Ushbu nashrlar ikki toifaga boʻlinadi: alohida rasmlar toʻplami va adiblarning kitoblari, koʻpincha ularning har ikkalasi birlashtirilgan holatda chop etiladi. Rassomning Edwing Honig sheʼrlari bilan chiqarilgan rasmlar kitobi shunday yaratilganki, uni oddiy ikki sahifali yoyilgan yoki butun ochilgan holatda koʻrish mumkin[8]. Shuningdek, F. D. Reeve asari uchun ham Jean Zaleskining suratlari illyustratsiya sifatida qoʻllanilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Wiki Loves Art 2019“ (en-US). Fondazzjoni Kreattività. Qaraldi: 2020-yil 8-fevral.
  3. 3,0 3,1 „Exhibition by Maltese-American artist“. Times of Malta (2002-yil 19-aprel).
  4. Sleeman, Elizabeth. The International Who's Who of Women 2002 (en). Psychology Press, 2001 — 644 bet. ISBN 978-1-85743-122-3. 
  5. Fiorentino, E.. Malta musings and mnemonics. The Sunday Times of Malta (2002-yil 9-iyun).
  6. „Susan B. Anthony Awards Alumni - NOW-NYC |NOW-NYC |“ (2018-yil 17-oktyabr). 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-fevral.
  7. Zaleski, Jean. Memories and Explorations. Malta: St James Cavalier Centre for Creativity, 2002 — 47 bet. ISBN 99932-34-03-6. 
  8. Zaleski, Jean.. Cow/lines, Honig, Edwin., Providence, R.I.: Copper Beach Press, 1982. ISBN 0-914278-37-1. OCLC 27113306. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]