Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
Jazoni yengillashtiruvchi holatlar — sodir etilgan jinoyatning va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiruvchi hamda yengilroq jazo tayinlash uchun asos boʻladigan holatlar. Oʻzbekiston JK (55-modda)da J.ye.h.ning roʻyxati berilgan, u qatʼiy boʻlmay, sud aybdorga jazo tayinlash vaqtida mazkur moddada koʻrsatilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb hisoblashi mumkin. Mac. aybdorning qaramogʻida yosh bolalari, qari yoki nogiron ota-onalari borligi J.ye.h. hisoblanadi. J.ye.h. jinoyattarkibiga kiruvchi belgi boʻlmay, balki undan tashqarida boʻlgan qolat hisoblanadi. Shu boisdan J.ye.h. jinoyatni kvalifikatsiya qilishga taʼsir etmaydi, aybdorning qilmishi kvalifikatsiya etilgan moddada nazarda tutilgan jazoning yengilroq turini yoki kamroq qismini tayinlashga asos boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |