Jazoir-Liviya munosabatlari
Jazoir-Liviya munosabatlari- Jazoir va Liviya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining uzunligi- 989 km[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakatlar oʻrtasida yaxshi munosabatlar mavjud[2]. Liviya Gʻarbiy Saharadagi Polisario jangchilariga yordam koʻrsatgan, bu esa Jazoir bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Biroq, Liviya hukumati Jazoirni keng koʻlamli siyosiy ittifoqqa koʻndirmoqchi boʻlganida, bu rad etilgan, chunki Jazoir rasmiylari oldindan aytib boʻlmaydigan qoʻshnisi bilan ittifoq tuzishdan qoʻrqishgan. 1983 yilda Jazoir va Tunis birodarlik va kelishuv shartnomasini imzoladilar va Liviya hukumati bunga javoban Marokash bilan Oujda shartnomasini imzoladi. Bu voqealar Jazoir-Liviya munosabatlarini vaqtincha keskinlashtirdi, chunki Liviya va Marokash Jazoir, Tunis va Mavritaniya blokiga siyosiy qarshilik koʻrsatishni boshladi [3].
1987-yil 30-iyunda Liviya va Jazoir oʻrtasida ittifoq tuzishga yana bir urinish boʻldi, biroq Jazoir Milliy Ozodlik Jabhasi Markaziy Qoʻmitasi bu gʻoyaga davlat rahbarlari kelisha olmagach, qarshi chiqdi. 1988 yilda Liviya Shimoliy Afrika Ittifoqini tuzish boʻyicha Magʻrib davlatlarining komissiyasida ishtirok etish taklifini qabul qildi. 1989 yil fevral oyida Arab Magrib ittifoqi tuzildi, bu qoʻshni Shimoliy Afrika davlatlari oʻrtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikning boshlanishi edi[4].
2011 yilda Liviyada fuqarolar urushi boshlandi. Liviya Milliy ozodlik armiyasi va Liviya oʻtish davri milliy kengashi Jazoir hukumatini Muammar Qaddafiy rejimini qoʻllab-quvvatlashda, yaʼni qurol-yarogʻ yetkazib berishda va Afrikaning boshqa davlatlaridan kelgan yollanma askarlarni oʻz hududi orqali tranzit qilishda aybladi[5]. 2011-yil may oyida Jazoir Milliy ozodlik fronti hukmron partiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi Sadek Bugutaya Liviyaga tashrif buyurdi va Muammar Qaddafiyni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[6]. Keyinchalik Sadek Bugutaya Liviyaga uning tashrifi ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni tashkil etish maqsadida amalga oshirilganini aytdi. Liviya milliy ozodlik armiyasining fuqarolar urushidagi gʻalabasidan soʻng Jazoir ushbu mamlakatning oʻtish davri milliy kengashi bilan siyosiy aloqalar oʻrnatdi. Biroq, Liviya yangi rasmiylarining iltimoslariga qaramay, Jazoir Muammar Qaddafiy oilasi aʼzolarini ekstraditsiya qilmadi, ular avvalroq bu mamlakatdan boshpana olgan edi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Whe world Factbook- Central Intelligence Agency“. 2007-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ „https://www.globalsecurity.org/military/world/algeria/forrel.htm“.
- ↑ „Внешняя политика Алжира“.
- ↑ „Внешняя политика Алжира“.
- ↑ „Rebel council calls on UN to hit mercenary bases“.
- ↑ „Algeria’s ‘one-eyed’ American general“.
- ↑ „Gaddafi wife and three children in Algeria“.