Javonshir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Javonshir (?—670) — Kavkaz Albaniyasining hokimi (638—670). Mehroniylar sulolasidan. Uning davrida arablar tomonidan Albaniyani bosib olish boshlangan. Qodisiya jangi (636 y.)da arman knyazi Musheg Mamikonyan va Syunik xrkimi Grigoriy bilan birgalikda arablarga qarshi sosoniylar qoʻshini tarafida turib jangda qatnashgan. Forslar tor-mor keltirilgach, J. Zakavkazye xududida qolgan-qutgan fors askarlari bilan kurash olib borgan. 660 yilda Xalifalikka karshi Vizantiya bilan ittifoq tuzgan. 667 y. jan. dan arablar va shim.dan xazarlar istilosi xavfi tugʻilgach, oʻzini Xalifalik vassali deb tan olgan. J. markazlashgan hokimiyat muxoliflari fitnasi natijasida oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil