Javhariy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Javhariy (15-asr) — fors-tojik tilida ijod qilgan samarqandlik shoir.

Uning nomi "Majolis un-nafois"ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sobunxona (sovun tayyorlanadigan joy) bosh­qaruvchisi ekanligini, shu atrofda oʻzi uchun kichik bir hujra ham qurganligini aytib aruz ilmini yaxshi bilishi va „Siyar un-nabiy“ („Paygʻambarning xislatlari“) deb nomlangan asari borligi haqida maʼlumot beradi. „Majolis un-nafois“da uning quyi­dagi bayti keltirilgan:

Falak baski, dar mavkibash toxta,

Ba har moh naʼle biyandoxta.

(Mazmuni: Falak oʻz markabi (otiga minib) yugurganda, har bir oyga bir taqa tashlab ketdi).

Shoir Javhariyning qabri Samarqand shahrida[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Majolis un-nafois".