Jarrohlik asboblari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jarrohlik asboblari

Jarrohlik asboblari — jarrohlik aralashuvi oʻtkazish uchun kerak boʻladigan asbob, moslama va qurilmalardir.

Jarrohlik asboblari tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarrohlik asboblari umumiy jarrohlik asboblari va maxsus asboblarga ajratiladi.

Umumiy jarrohlik asboblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarrohlik asboblari barcha turdagi operatsiyalarda qoʻllaniladi. Ular 4 guruhga boʻlinadi:

  • toʻqimalarni ajratishga (kesishga) moʻljallangan asboblar (skalpel, pichoq, qaychi, arra va boshqalar);
  • qon ketishini tόxtatadigan asboblar (turli xil qisqichlar);
  • yordamchi asboblar (pintset, ilmoqcha, oyna, zond, jarohat kengaytirgich va boshqalar);
  • toʻqimalarni birlashtirish (tikish) uchun ishlatiladigan asboblar (ignatutgich va ignalar, maxsus tikuv apparatlari)

Maxsus asboblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faqatgina, bir maqsadda ishlatiladigan asboblar (urologik, ginekologik, travmatologik, neyroxirurgik va boshqa asboblar)[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]