Jarroh baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jarroh baliqlar (Acanthuridae) — okunsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi yon tomondan yassilashgan, mayda tangachalar bilan qoplangan, uz. 15—60 sm. Dumining ikki yonida harakatchan oʻtkir pixi boʻladi. Pixlar teridagi chuqurchaga kirib turadi, xavf tugʻilganida bir zumda toʻgʻrilanib chiqadi. 300 ga yaqin turi tropik dengizlarda tarqalgan. Rangi chiroyli, koral riflari va suv osti qoyalari orasida uchraydi. Uvildirigʻi suvda qalqib turadi. Chavoklari plankton bilan, voyaga yetgan baliqlar suv oʻtlari bilan oziqlanadi. Suzgichlardagi tikanlari va dumidagi pixlari sanchilganida ogʻritadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil