Jarret Stoll
Jarret Stoll | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
24-iyun 1982-yil Melville, Saskatchewan, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 209 lb (95 kg; 14 st 13 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Edmonton Oilers Los Angeles Kings New York Rangers Minnesota Wild | ||
NHLga kirish drafti |
46-oʻrindagi tanlov, 2000 Calgary Flames 36-oʻrindagi tanlov, 2002 Edmonton Oilers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2002—2016 |
Jarret Lee Stoll (talaffuzi: Jarret Li Stoll) (1982-yil 24-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Stoll Milliy xokkey ligasida (NHL) „Edmonton Oilers“, „Los Angeles Kings“, „New York Rangers“ va „Minnesota Wild“ xokkey jamoalarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jarret Stoll ikki marta NHL kirish loyihasida ishtirok etdi. Jarret Stoll 2000-yilgi NHL kirish loyihasida „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 46-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Ammo Jarret Stoll jamoa bilan kelisha olmadi[1]. Shuning uchun Stoll 2002-yilgi kirish loyihasida qayta ishtirok etdi. Bu loyihada Jarret Stoll „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 36-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Edmonton Oilers
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stoll „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilganidan soʻng, 2002—2003-yillardagi mavsum uchun klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Hamilton Bulldogs“ xokkey klubi safiga yuborildi. Mavsum davomida Jarret Stoll „Edmonton Oilers“ klubi safiga birinchi chaqiruvni oldi va NHLdagi dastlabki toʻrtta oʻyinda asosiy klub safida oʻynadi. 2003—2004-yillarda Jarret Stoll „Edmonton Oilers“ klubi safida butun mavsum davomida harakat qildi.
Los Angeles Kings
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 29-iyunda Jarret Stoll Ľubomír Višňovskiy evaziga „Los Angeles Kings“ xokkey klubiga (Matt Greene bilan birga) sotildi[2]. 5-sentyabr kuni Jarret Stoll „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan 14,4 million dollarlik toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2008—2009-yilgi mavsumda Jarret Stoll klub safidagi oʻyinlarda 41 ochko toʻpladi. 2012-yil 22-aprelda Jarret Stoll G‘arbiy konferensiya chorak finalining 5-o‘yinida Prezident kubogi g‘olibi „Vancouver Canucks“ xokey klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi[3].
2012-yil 11-iyunda Stoll oʻzining birinchi Stanley kubogini „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Jarret Stoll 2012-yil 25-iyun kuni klub bilan uch yillik 9,75 million dollarlik shartnoma imzoladi[4].
New York Rangers va Minnesota Wild
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 10-avgustida Stoll erkin agent sifatida „New York Rangers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[5]. Jarret Stoll 2015—2016-yilgi mavsumda „New York Rangers“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi[6]. „New York Rangers“ xokkey klubi bilan 29 ta oʻyindan soʻng, Jarret Stoll klubni tark etdi. 2015-yil 15-dekabrda Jarret Stoll „Minnesota Wild“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[7].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yildan 2011-yilgacha Jarret Stoll Saskatoon shahrida yillik xayriya golf turnirini oʻtkazdi. Bu turnir Jarret Stoll Comfort fondiga foyda keltiradi[8].
Stollning Los-Anjelesdagi uyi 2011-yilda MTV Cribs telekanalida namoyish etilgan edi.
2015-yilning yozida Jarret Stoll Las Vegasdagi mehmonxonada kokain va ekstazi saqlagani uchun hibsga olingan edi. Jarret Stoll 2015-yil iyun oyida oʻz aybini tan oldi[9].
Jarret Stoll model va aktrisa Rachel Hunter bilan unashtirilgan edi va ular 2009-yil avgust oyida turmush qurishni rejalashtirishgan edi. Ammo toʻy bekor qilingan edi[10]. Jarret Stoll 2012-yilda sportchi Erin Andrews bilan munosabatlarni boshlagan. 2016-yil 9-dekabrda Jarret Stoll va Andrews unashtirilgani eʼlon qilindi[11]. Ular 2017-yil 24-iyunda turmush qurishdi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1997—1998 | Saskatoon Blazers AAA | SMHL | 44 | 45 | 44 | 89 | 78 | — | — | — | — | — | ||
1997—1998 | Edmonton Ice | WHL | 8 | 2 | 3 | 5 | 4 | — | — | — | — | — | ||
1998—1999 | Kootenay Ice | WHL | 57 | 13 | 21 | 34 | 38 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
1999—2000 | Kootenay Ice | WHL | 71 | 37 | 38 | 75 | 64 | 20 | 7 | 9 | 16 | 24 | ||
2000—2001 | Kootenay Ice | WHL | 62 | 40 | 66 | 106 | 105 | 11 | 5 | 9 | 14 | 22 | ||
2001—2002 | Kootenay Ice | WHL | 47 | 32 | 34 | 66 | 64 | 22 | 6 | 14 | 20 | 35 | ||
2002—2003 | Hamilton Bulldogs | AHL | 76 | 21 | 33 | 54 | 86 | 23 | 5 | 8 | 13 | 25 | ||
2002—2003 | Edmonton Oilers | NHL | 4 | 0 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2003—2004 | Edmonton Oilers | NHL | 68 | 10 | 11 | 21 | 42 | — | — | — | — | — | ||
2004—2005 | Edmonton Roadrunners | AHL | 66 | 21 | 17 | 38 | 92 | — | — | — | — | — | ||
2005—2006 | Edmonton Oilers | NHL | 82 | 22 | 46 | 68 | 74 | 24 | 4 | 6 | 10 | 24 | ||
2006—2007 | Edmonton Oilers | NHL | 51 | 13 | 26 | 39 | 48 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | Edmonton Oilers | NHL | 81 | 14 | 22 | 36 | 74 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Los Angeles Kings | NHL | 78 | 18 | 23 | 41 | 68 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Los Angeles Kings | NHL | 73 | 16 | 31 | 47 | 40 | 6 | 1 | 0 | 1 | 4 | ||
2010—2011 | Los Angeles Kings | NHL | 82 | 20 | 23 | 43 | 42 | 5 | 0 | 3 | 3 | 0 | ||
2011—2012 | Los Angeles Kings | NHL | 78 | 6 | 15 | 21 | 60 | 20 | 2 | 3 | 5 | 18 | ||
2012—2013 | Los Angeles Kings | NHL | 48 | 7 | 11 | 18 | 28 | 12 | 0 | 1 | 1 | 4 | ||
2013—2014 | Los Angeles Kings | NHL | 78 | 8 | 19 | 27 | 48 | 26 | 3 | 3 | 6 | 18 | ||
2014—2015 | Los Angeles Kings | NHL | 73 | 6 | 11 | 17 | 58 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | New York Rangers | NHL | 29 | 1 | 2 | 3 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Minnesota Wild | NHL | 51 | 3 | 3 | 6 | 16 | 4 | 0 | 0 | 0 | 4 | ||
NHL jami | 872 | 144 | 244 | 388 | 618 | 97 | 10 | 16 | 26 | 72 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jarret has his eyes on the future“. sympatico.ca (2005-yil 4-mart). 2004-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 4-mart.
- ↑ TSN.ca Staff. „OILERS ACQUIRE VISNOVSKY FROM L.A.; SHIP STOLL AND GREENE“. TSN (2008-yil 29-iyun). Qaraldi: 2008-yil 29-iyun.
- ↑ „Stoll's overtime goal helps Kings knock out Canucks in five games“. cbssports.com (2012-yil 22-aprel). Qaraldi: 2018-yil 18-may.
- ↑ „Kings finalize new contract for Jarret Stoll and Colin Fraser“. Fox Sports (2012-yil 25-iyun). Qaraldi: 2012-yil 25-iyun.
- ↑ „Rangers agree to terms with Free Agent forward Jarret Stoll“. New York Rangers (2015-yil 10-avgust). Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
- ↑ „Lundqvist, Rangers ruin Blackhawks banner-raising“. Milliy xokkey ligasi (2015-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Wild Claim Jarret Stoll Off Waivers“. WildXtra (2015-yil 15-dekabr). 2015-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
- ↑ Royal University Hospital Foundation. „Jarret Stoll Celebrity Golf Classic 2006-2011“. RUH Foundation (2011-yil 24-iyun). 2015-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-aprel.
- ↑ Dillman, Lisa. „Kings' Stoll pleads guilty to two misdemeanors to resolve drug case“. Los Angeles Times (2015-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 18-may.
- ↑ Kari Friedlander. „Rachel Hunter Calls off Wedding“. TV Guide Online (2009-yil 25-iyun). Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
- ↑ Rose Walano. „Erin Andrews Debuts Huge Diamond Engagement Ring: Photos“. Us Weekly (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.