Janubiy-gʻarbiy Afrika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy-gʻarbiy Afrika
afr.: Suidwes-Afrika
niderlandcha: Zuidwest-Afrika
nemischa: Südwestafrika
inglizcha: South West Africa
ShiorViribus Unitis
(lotincha "Birlashgan kuchlar bilan")

Madhiya: "God Save the King" (1915–52);
"God Save the Queen" (1952–57)

"Die Stem van Suid-Afrika" (1938–90)
(inglizcha: "The Call of South Africa")
Location of Janubiy-gʻarbiy Afrika
Maqom Janubiy Afrikaning mandat hududi
Poytaxt Vindxuk
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Afrikaans
Nemis (1984–1990)
Niderlandcha (1915–1983)
Boshqa tillar Nama
Oshivambo
Geroro
Kvangali
Tsvana
Lozi
Etnoxoronim(lar) Janubiy Gʻarbiy Afrikalik
Namibiyalik
Administrator  
• 1915–1920
Ser Edmond Hovard Lakam Gorjes
• 1985–1990
Lui Piyenaar
• Okkupatsiya qilinishi
1915-yil 9-iyul
• Versal shartnomasi
1919-yil 28-iyun
• Mandat BMT tomonidan bekor qilinishi
1966-yil 27-oktyabr
• Hudud Namibiya deb oʻzgartirilishi
1968-yil 12-iyun
• Mustaqillik
1990-yil 21-mart
Pul birligi Janubiy-gʻarbiy Afrika funti (1920–1961)
Janubiy Afrika Rendi (1961–1990)
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Germaniya Janubi-gʻarbiy Afrikasi
Namibiya
Hozirda hududida quyidagilar mavjud Namibiya

Janubi-g‘arbiy Afrika (afr.: Suidwes-Afrika, nemischa: Südwestafrika) — Janubiy Afrikada bo‘lib, Atlantika okeani sohilida joylashgan mamlakat. Angola, Shimoliy Rodeziya, Bechuanalend va Janubiy Afrika Respublikasi bilan chegaradosh. Millatlar Ittifoqi mandatiga muvofiq mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi idora qiladi. Maydoni 824 ming kvadrat kilometr, aholisi 554 ming kishi bo‘lib, shundan 464 mingi afrikaliklar, 69 mingi esa yevropaliklardir. Markazi Vindxuk shahri (aholisi 29 ming kishi).

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat asosan sahro va tog‘lardan iborat. Iqlimi issiq, kontinentaldir. Dengiz bo‘yi mintaqasida iqlimi moʻtadil, yumshoq. Doimo oqib turadigan daryolar kam. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga boy emas.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy aholi uzoq vaqtlar chet el bosqinchilari zulmi ostida jabrlandi. 1920-yilgacha Janubi-G‘arbiy Afrikada nemis, ingliz va fransuz mustamlakachilari hukmronlik qildi. 1920-yilda Millatlar Ittifoqi bu mamlakat ixtiyorini Janubiy Afrika Ittifoqiga berdi. Oʻsha vaqtlarda JAI Janubi-g‘arbiy Afrika iqtisodiyotini rivojlantirishga, aholi tirikchiligini yaxshilashga va’da bergan edi. Biroq va’dalar mutlaqo bajarilmadi. Aksincha, u Millatlar Ittifoqining mandatlar tuzilmasi tugatilgach, Janubi-g‘arbiy Afrikani BMT vosiyligiga topshirishdan voz kechdi va qonunga xilof ravishda mamlakatni o‘z mustamlakasiga aylantirdi.

Janubiy Afrika Ittifoqi irqchilari yerli aholiga shafqat qilmadilar, uni barcha huquqlardan mahrum qildilar. Afrikalik o‘z vatanida propiskasiz yurolmaydi, uni hamma yerda turtdilar, kamsitdilar. Mustamlakachilar mahalliy xalqni eng yaxshi yerlardan haydab chiqardilar. 69 ming yevropalik 40 million gektar yerni egallab oldi. Vaholanki, 554 ming afrikalik qo‘lida 20 million gektarga yetar-yetmas unumsiz yer qoldi. Tirikchilik g‘oyat og‘ir bo‘lib ishchi va dehqon ochlik hamda qashshoqlik azobini ko‘p tortdi. Og‘ir mehnat, achchiq turmush natijasida aholi soni yildan-yilga kamayib bordi. Masalan, gerrero qabilasi 80 ming kishidan so‘nggi yillarda 15 ming kishiga kamaydi. Xalq ilm-ma’rifatdan bahramand emas edi. Keyingi 40 yil mobaynida faqat birgina afrikalik oliy meditsina ma’lumotini olgan.

Janubi-g‘arbiy Afrikada milliy-ozodlik harakati kundan-kunga avj oldi. Keyingi ikki yil ichida mamlakatda Janubi-g‘arbiy Afrika milliy Ittifoqi, Ovombolenda xalq tashkiloti kabi progressiv partiyalar tashkil topdi. Bu partiyalar barcha milliy kuchlarni mustamlakachilarga qarshi kurashga birlashtirdilar.

Janubi-g‘arbiy Afrika masalasi 30 yildan koʻproq BMTda muhokama qilindi. Mamlakatdan katta manfaat ko‘rayotgan AQSh va Ingliz mustamlakachilari Janubi-g‘arbiy Afrika masalasining ijobiy hal bo‘lishiga to‘sqinlik qilib keldilar.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubi-g‘arbiy Afrika qoloq, agrar mamlakat. Iqtisodiyotda chorvachilik muhim o‘rin tutadi. Mamlakat qorako‘l teri tayyorlashda dunyoda birinchilar qatorida turdi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1957-yilda 2 million 633 ming dona qorako‘l terisi tayyorlangan. Mamlakatda olmos, oltin, vanadiy, volfram, berilla, grafit, mis, qo‘rg‘oshin va rux singari mineral resurslar mo‘l. Milliy boylik chet el kapitali qo‘lida. Keyingi to‘rt yil ichida mustamlakachilar mis va qo‘rg‘oshin rux konlaridan 75 million dollar sof foyda olindi. 1957-yilda 996,6 ming qirot ol mos qazib olindi[1].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 262- bet.