Janpolat Kudaybergenov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich
Rector yeoju.jpg
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori
Mansabda
2019-yil — 
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-mart 1978-yil (1978-03-10) (43 yosh)
Qoraqalpog'iston Respublikasi

Kudaybergenov Janpolat ShamuratovichToshkent shahridagi Yodju texnika instituti rektori (2019-yildan). Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich 1978-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq, ma’lumoti oliy, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2000-yilda Qoraqalpoq Davlat universiteti “Moliya va kredit” bakalavriat yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2000-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umid” jamg‘armasi granti sovrindori sifatida Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti “Davlat iqtisodiyoti menejmenti va moliya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini muvaffaqiyatli tugatgan.

Faoliyat[tahrir]

  • 1996 - 2000 yy. - Qoraqalpoq Davlat universiteti talabasi (bakalavr)
  • 2000 - 2001 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasi sovrindori. Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti talabasi (magistratura)
  • 2002 - 2005 yy. - O‘zsanoatqurilish bankining Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti yetakchi mutaxassisi
  • 2005 - 2010 yy. - Toshkent moliya instituti “Moliya injiniringi va bozorlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri
  • 2010 - 2014 yy. - Toshkent moliya instituti “Hisob va audit” fakulteti dekani
  • 2014 - 2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
  • 2016 - 2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi Yangi dasturlar va o‘quv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi[1]
  • 2017 - 2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish Dasturi monitoringi bo‘limi boshlig‘i
  • 2017 - 2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasining Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i
  • 2018 - 2019 yy. - Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
  • 2019 y - h.v. Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining rektori

Manbalar[tahrir]