Kontent qismiga oʻtish

Jannat sarobi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jannat sarobi

Anime logotipi
Janr Ilmiy fantastika
Rejissyor(lar) Hirotaka Mori
Ssenariy
muallif(lar)i
Makoto Fukami
Bastakor(lar) Kensuke Ushio
Studiya Production I.G
Premyera
sanasi
1-aprel 2023-yil — 24-iyun 2023-yil
Davomiylik 13 seriya
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha

Jannat sarobi (yaponcha: 天国大魔境)  – yozuvchi va manga rassomi Masakazu Ishiguro tomonidan tasvirlangan mangaga asoslanib, 2023 -yilda Produstion I.G studiyasi tomonidan yaratilgan anima.

Kodanshanashriyotining haftalik Monthly Afternoon jurnalida chop etilgan „Jannat sarobi“ mangasi 2018-yilning yanvar oyidan beri ushbu jurnalda chop etilib, hozirgacha tugallanmagan hisoblanadi. Manga muallifi Masakazu Ishiguro nafaqat mangani yozgan balki undagi suratlar muallifi hisoblanadi. Kodansha birinchi tankobon jildni 2018-yilning 23-iyulida chiqardi[1]. Amerikadagi Denepa nashriyoti litsenziya asosida, 2019-yilning 31-dekabrida uni ingliz tilida taqdim etdi. 2023-yil 22-iyulda to'qqizinchi jilda chiqarldi[2].

2022-yilning 18-oktyabrida Produstion I.g studiyasi „Jannat sarobi“ mangasining anime serialini ishlab chiqarishini maʼlum etdi[3]. anime yaratilishida Xirotaka Mori rejissyorlik qilib, Makoto Fukami boʻlajak anime ssenariyasini yozadi. Musiqalar Makoto Fukami tomonidan bastalanadi[4]. Animening birinchi seriyasi 2023 yil 1 aprelda taqdim etiladi. Uning seriyalari Tokyo MX, HTB, RKB, TVA, MBS va BS11 kabi telekanallar orqali namoyish etib boriladi. Jannat sarobi animesining birinchi faslining soʻngi qismi 2023-yil 24-iyun taqdim etilib yakunlanadi. Keyinchalik esa Disney Platform orqali AQShda ham namoyish etildi[5].

Dunyo vayron boʻlgan, hamma yoq ostin-ustun boʻlgan davrda bir guruh bolalar, tashqi olamdan uzilgan shaharda taʼlim olib katta boʻlishmoqda. Tashqarida bu voqelar sodir boʻlganligiga 15 yil boʻlib, hamma yoq gʻayritabiiy mahluqlarga toʻlgan edi. Ikki oʻsmir Maru ismili bola va Kiruko ismili qiz „Jannat“ deb nomlangan yerni izlab yurishibdi. Ular bu maqsadlari yoʻlida turli sarguzasht va qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. anime voqelari davomida bolalar izlagan yerini topishadi lekin haqiqatlar oshkor boʻlgach, jannat sarobga aylanadi.

Ovoz bergan aktyorlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jannat sarobi animesi yapon va ingliz tillaridan tashqari boshqa tillarga ham tarjima qilingan. O'zbek tilida ham dublyaj qilingan animeni o'n yetti yoshga to'lgan tomoshabinlar ko'rishi tafsiya etiladi.[6]. Yapon va ingliz tilida asosiy qahramonlarga quyidagi aktiyorlar ovoz berishgan[7].

Qahramon ismi Yapon tilida ovoz bergan aktiyorlar Ingliz tilida ovoz bergan aktiyorlar
TokioHibiki YamamuraBrittany Lauda
KonaToshiyuki ToyonagaAJ Beckles
MimiximeMisato FukuenTia Ballard
ShiroShunsuke TakeuchiHao Feng
KukuTomoyo KurosavaMadeleine Morris
TakaYuki ShinJohn Choi
AnzuOvoz berganCourtney Lin
Tarao Koʻichi MiuraXanthe Huynh
OhmaHina KinoMadeline Dorroh
AoshimaAtsumi TanezakiSun Bell
SawatariKTadashi MutouNick Martineau
IvaSatomi Kobash Felecia Angelle
  1. „Jannat sarobi 1-jild“. kc.kodansha.co.jp. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „天国大魔境(9)“. https://kc.kodansha.co.jp/. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. „Masakazu Ishiguroning “Osmon Daimakyo” filmi 2023-yilda TV animatsiyasiga aylanadi, animatsiya Production IG tomonidan ishlab chiqariladi.“. https://natalie.mu/. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  4. „Vアニメ『天国大魔境』Wビジュアル公開!“. https://www.animatetimes.com/. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  5. „Heavenly Delusion Anime Reveals Main Cast, April Debut, Exclusive Streaming on Disney+ Worldwide“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  6. „Jannat sarobi [17+“]. amediatv.uz. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  7. „Heavenly Delusion Anime Reveals English Dub Cast“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.