Jamoluddin Husayn Inju

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamoluddin husayn inju (16-asr) — yirik tilshunos olim. Boburiylardan Jahongirshohga atab "Farhanggi Jahongiriy" ("Jahongir lugʻati")ni yozgan. J. H. I. ajdodi asli Sheroz sayyidlaridan boʻlib, otasi Kashmirga kelib oʻsha yerda muqim yashab qolgandi. 1584-yil J. H. I. Akbar xizmatiga kirib, uning eng yaqin nadimlaridan biriga aylangan, Jahongir davrida esa "Azd ud-davla" ("Davlat tayanchi") degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil