Kontent qismiga oʻtish

Jamoliddin Xojiniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamoliddin Xojiniyozov
2018 yil Xojiniyozov Ural Ekaterinburg jamoasi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamoliddin Abduhalitovich Xojiniyozov
Tavallud sanasi 18-iyul 1996-yil (1996-07-18) (28 yosh)
Tavallud joyi Bayramali, Turkmaniston
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Surkhon Termiz
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Chilonzor Toshkent
2008–2012 Konoplyov football academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Zenit Saint Petersburg 2 (0)
2013—2015Zenit-2 Saint Petersburg 8 (0)
2014Amkar Perm (ijara) 1 (0)
2015—2017 AGF 36 (1)
2017—2018 Dynamo Saint Petersburg 8 (0)
2018 Baltika Kaliningrad 2 (0)
2018 Ural Yekaterinburg 1 (0)
2019 BATE Borisov 2 (0)
2019—2022 Sumgayit 64 (4)
2022—2024 Akron Tolyatti 34 (0)
2024— Surkhon Termiz 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012 Rossiya U16 5 (0)
2012—2013 Rossiya U17 24 (1)
2014–2015 Rossiya U19 12 (0)
2014–2016 Rossiya U21 12 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 25-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 14-noyabr uchun)

Jamoliddin Abduhalitovich Xojiniyozov (ruscha: Джамалдин Абдухалитович Ходжаниязов; turkmancha: Jamaldin Abduhalitowiç Hojanyýazow; 1996-yil 18-iyul, Bayramali) – Turkmanistonlik va rossiyalik professional futbolchi, Oʻzbekistonning „Surxon Termiz“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi[1][2].

Futbolchilik foaliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xodjaniyozov Turkmanistonning Bayramali shahrida tugʻilgan. U rus tilini yaxshi biladi[3].

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shaharidagi Chilonzor sport maktabi bitiruvchisi. Uning birinchi murabbiyi Gregoriy Rozyev edi. U „Akademya Tolyatti“ yoshlar klubida ham oʻynagan[4]. 2012-yilning qishida u Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga koʻchib oʻtdi va 3 yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 26-iyulida u „Kuban Krasnodar“ga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazgan[5][6][7].

U 2015-yil 31-avgustda Daniyaning AGF klubiga qoʻshildi, „Zenit“ jamoasi esa qayta sotib olish huquqini saqlab qoldi[8]. Uning shartnomasi 2017-yilning iyulida bekor qilingan[9]. 2017-yil 2-dekabrda u Sankt-Peterburgning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolab, Rossiyaga qaytib kelgan[10]. 2018-yil 16-iyunda u Baltika Kaliningradga koʻchib oʻtdi[11]. 2018-yil 27-iyulda „Baltika“ tarkibida atigi ikki liga oʻyin oʻtkazganidan soʻng u Rossiya Premyer-ligasi klubi „Ural Yekaterinburg“ bilan shartnoma imzolagan[12]. „Ural“ jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazgan (biri ligada, ikkinchisi Rossiya kubogida) va keyinchalik uning shartnomasi 2019-yil 29-yanvarda oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan[13].

2019-yil 11-mart kuni Xoʻjaniyozov Belarusning BATE Borisov klubi bilan shartnoma imzoladi[14]. Bir necha oy oʻtib, 2019-yilning avgustida u Ozarbayjonning „Sumgayit“ klubiga oʻtgan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2012-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynashni boshlagan. Shu bilan u Viktor Bannikov xotirasiga bagʻishlangan turnirda ishtirok etib, toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan. Turnirda jamoa finalda Ukrainaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi safida 2013-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga borgan. Birinchi oʻyinda Jamoliddin Rossiya uchun birinchi golini kiritgan[15]. Ushbu turnirda u barcha beshta oʻyinni oʻtkazdi va Rossiya U-17 terma jamoasi Yevropa chempioni boʻlgan[16][17]. U 2013 yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Keyinchalik u 19 yoshgacha boʻlgan Rossiya milliy terma jamoasini 2015-yilda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida himoya qildi, u yerda Rossiya ikkinchi oʻrinni egallagan. Xojiniyozov bugungi kunda kattalar terma jamoasida halik debyut qilmagan va Rossiya yoki Turkmaniston terma jamoalaridan birining tarkibida oʻynashi mumkun.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
25 May 2024
Klub Mavsum Liga Kubok Xalqaro Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zenit Saint Petersburg 2013–14 Rossiya Premyer-ligasi 2 0 0 0 1[lower-alpha 1] 0 3 0
2014–15 Rossiya Premyer-ligasi 0 0 0 0 1[lower-alpha 2] 0 1 0
Jami 2 0 0 0 2 0 4 0
Zenit-2 Saint Petersburg 2013–14 Jami 0 2 0
Amkar Perm (ijara) 2013–14 Rossiya Premyer-ligasi 1 0 1 0
Zenit-2 Saint Petersburg 2014–15 Rossiya ikkinchi ligasi 5 0 5 0
2015–16 Rossiya birinchi ligasi 1 0 1 0
Jami 6 0 0 0 0 0 6 0
AGF 2015–16 Danish Superliga 15 0 3 0 18 0
2016–17 Danish Superliga 21 1 3 0 24 1
Jami 36 1 6 0 0 0 42 1
Dynamo Saint Petersburg 2017–18 Rossiya birinchi ligasi 8 0 8 0
Baltika Kaliningrad 2018–19 Rossiya birinchi ligasi 2 0 2 0
Ural Yekaterinburg 2018–19 Rossiya Premyer-ligasi 1 0 1 0 2 0
BATE Borisov 2019 Belarusiya Premyer-ligasi 2 0 2 0 0 0 4 0
Sumgayit 2019–20 Ozarbayjon Premyer-ligasi 16 0 2 0 18 0
2020–21 Ozarbayjon Premyer-ligasi 23 3 4 0 1[lower-alpha 2] 0 28 3
2021–22 Ozarbayjon Premyer-ligasi 25 1 2 0 2[lower-alpha 3] 0 29 1
2022–23 Ozarbayjon Premyer-ligasi 0 0 0 0
Jami 64 4 8 0 3 0 75 4
Akron Tolyatti 2022–23 Rossiya birinchi ligasi 25 0 6 0 31 0
2023–24 Rossiya birinchi ligasi 9 0 2 0 11 0
Jami 34 0 8 0 0 0 42 0
Career total 158 5 25 0 5 0 188 5
  1. Appearance in the UEFA Champions League
  2. 2,0 2,1 Appearances in the UEFA Europa League
  3. Appearances in the UEFA Europa Conference League
Zenit Saint Petersburg
  • 2013-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionatida Rossiya terma jamoasi bilan gʻolib boʻlgan.
  1. „Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди“ (2024-yil 24-iyul).
  2. „"...А потом отключили свет". Сборным России и Швеции не дали выяснить, кто сильнее. Пока – в теннисе“. sovsport.ru. 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  3. „Юноши России: Пять неизвестных финалистов Евро-2013 - Статьи - Советский Спорт“. sovsport.ru. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  4. „Защитник "Академии" Ходжаниязов перешел в "Зенит" - Футбол - Sports.ru“. sports.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  5. „Ходжаниязов: выход в основе — большая честь для меня“. championat.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  6. „Спаллетти: абсолютно уверен в отличном будущем Ходжаниязова“. championat.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  7. Luciano Spalletti: "We deserved a better result
  8. „ru:Джамал Ходжаниязов присоединился к «Орхусу»“ (Russian). FC Zenit Saint Petersburg (2015-yil 31-avgust).
  9. AGF ophæver med russisk stopper‚ bold.dk, 28 July 2017
  10. „ru:Чемпион Европы - в "Динамо"!“ (Russian). FC Dynamo St. Petersburg (2017-yil 2-dekabr). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-dekabr.
  11. „ru:ЗАКЛЮЧИЛИ КОНТРАКТ С ХОДЖАНИЯЗОВЫМ“ (Russian). FC Baltika Kaliningrad (2018-yil 16-iyun).
  12. „ru:"Урал" заключил контракт с Джамалдином Ходжаниязовым“ (Russian). FC Ural Yekaterinburg (2018-yil 27-iyul).
  13. „ru:Джамалдин Ходжяниязов покинул "Урал"“ [Dzhamaldin Khodzhaniyazov left Ural] (Russian). FC Ural Yekaterinburg (2019-yil 29-yanvar).
  14. „ru:Джамалдин Ходжаниязов — игрок БАТЭ!“ [Dzhamaldzin Khodzhaniyazov is a BATE player] (Russian). FC BATE Borisov (2019-yil 11-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-may.
  15. „FC Zenit official website“. fc-zenit.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  16. „FC Zenit official website“. fc-zenit.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  17. uefa.com „Under-17 - News – UEFA.com“. uefa.com (2013-yil 20-may). Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.