Jamol Qarshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamol Qarshiy (taxallusi; asl ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid) (13—14-asrlar) — tilshunos olim.

"As-Saroh min as-Sahoh" ("As-Sahohdan olingan aniq so'zlar") arabcha forscha lug'at muallifi. Lug'at o'sha davr tili leksikasini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Lug'atning qo'lyozma nusxalari Parij, Berlin, London qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida bu asarning 1511-yilda kotib Xusom Muhammad Bahoriy (inv. № 2723) va 1703—04-yillarda Mulla Feruz ko'chirgan nusxalari mavjud (inv № 2400)[1]. R.Vohidov aniqlagan bittadan arab, fors va oʻzbek tillaridagi mulamma' ruboiysi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • N.M.Mallayev. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 1-jild. 3-jildlik

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil