Jamol Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamol Xudoyberdiyevich Karimov (1909.22.2 — Fargʻona — 1993.23.9,) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); professor (1962). 1935-yilda Oʻzbekiston universitetini tugatgan. Fargona pedagogika instituti matematika kafedrasi mudiri (1940— 43), Toshkent Davlat Universiteti mat. kafedrasi dotsenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matematika va mexanika institutida boʻlim boshligʻi (1943—50), Fargʻona pedagogika institutifizika-matematika fakulteti dekani (1950-yildan), matematik analiz kafedrasi mudiri (1962-yildan). Ilmiy ishlari chizikli boʻlmagan differensial tenglamalar nazariyasiga oid. Fargona pedagogika institutimatematika fakultetiga Karimov nomi berilgan (1994).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil