Jamohir ibn Ali Az-Zominiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Bakr Jamohir ibn Ali Az-Zominiy — faqih va muhaddis. Az-Zominiy haqida maʼlumot Abu Saʼd as-Sam’oniy „Ansob“ asarida uchraydi. U Zominda bosh qozi boʻlgan. Samarqandga borib, hadislarni shayx Yasmayh Bishr Ibn Musodan rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Muhammad ibn Shoh as-Samarqandiy Zomin shahrida Abu Bakr Jamoyir ibn Ali Az-Zominiydan hadislarni eshitib, yozib olganini rivoyat qilgan.[1]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muslim Atayev. Ustrushana olimlari. Toshkent.: 2009. 30-bet.