Jamnagar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jamnagar, Navanagar— Hindistonning gʻarbidagi shahar. Gujarot shtatida. Kach qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 345 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi. Katxiyavar ya. o.dagi muhim savdo markazi. Ipak, jun, koʻn, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qadimdan boʻyoqchilik rivojlangan. Kashtachilik, tikuvchilik va kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. J. yaqinidan boksit olinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil