Jamie Mackie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamie Mackie
2014-yil Mackie Nottingham Forest safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James Charles Mackie[1]
Tavallud sanasi 22-sentyabr 1985-yil (1985-09-22) (38 yosh)[2]
Tavallud joyi Dorking, England
Boʻyi 5 feet 11 inches (1.80 m)[2]
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Leatherhead
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003-2004 Wimbledon 13 (0)
2004-2005 Milton Keynes Dons 3 (0)
2005-2008 Exeter City 87 (19)
2005 Sutton United (ijara) 5 (2)
2008-2010 Plymouth Argyle 98 (16)
2010-2013 Queens Park Rangers 85 (18)
2013-2015 Nottingham Forest 45 (4)
2014-2015 Reading (ijara) 32 (5)
2015-2018 Queens Park Rangers 54 (6)
2018-2020 Oxford United 74 (7)
Milliy terma jamoa
2010-2012 Shotlandiya 9 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

James Charles Mackie (1985-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, hujumchi va vinger sifatida oʻyndi. U Queens Park Reynjers, Plimut Argyle va Oksford Yunayted va Shotlandiya terma jamoasida oʻynagan.

Mackie oʻz faoliyatini „Uimbldon“da boshlagan, klubning yoshlar jamoasida va 2003-yilning dekabrida asosiy jamoada debyut qilgan. U 2005-yilda „Satton Yunayted“da ijarada oʻynadi. Uning 2007-08 yilgi mavsumdagi oʻyinlari boshqa klublarda qiziqish uygʻotdi va u yanvardagi transfer oynasida Plimut Argil bilan shartnoma imzoladi va chempionatdagi debyutida ikki marta gol urdi. U keyingi ikki yil davomida muntazam ravishda klubda maydonga tushdi va 2009-10 mavsumida klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlandi. U 2010-yilning may oyida „Queens Park Reynjers“ga qoʻshildi . 2013-yilda u „Nottingem Forest“ga qoʻshildi va 2015-yilda QPRga qaytdi. 2018-yilning iyul oyida, 32 yoshida, birinchi liga vakili Oksford Yunayted bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U 2020-yilda professional futbol faoliyatini yakunladi.[3]

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surreyning Dorking shahrida tugʻilgan Mackie Dorkingdagi Ashcombe maktabida oʻqigan.[4]

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mackie oʻz karerasini Leatherheadda boshlagan, 2005-yil avgustida Exeter Sitiga koʻchib oʻtgan.

Plymouth Argyle[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mackie uchun Bristol Siti, Norvich Siti, Bristol Rovers va Cheltenxem Taundan klublari raqobatlashdi va yakunda Plimut Argyle uni 145,000 funt sterling evaziga transfer qildi.[5] 2008-yilning 12-fevralida „Plimut Argyl“ safida oʻzining " Barnsli "ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, oʻn bir soniya ichida gol urdi va shu tariqa Plimut Argyl jamoasi tarixida eng tezkor golni kiritdi.[6]

Queens Park Rangers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil may oyida Mackie Queens Park Rangers bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.[7] Sentyabr oyi oʻrtalariga kelib Mackie chempionat toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va ligadagi dastlabki yettita oʻyinida sakkizta gol urdi.[8] 8-yanvar kuni Angliya kubogi doirasida " Blekbern Rovers "ga qarshi oʻyinda Mackie „Rovers“ futbolchisi Gael Givet bilan toʻqnashuv chogʻida jarohat oldi. Jarohat tufayli futbolchi 7 oyga safdan chiqdi.

Nottingham Forest[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 25-iyulida Mackie Nottingem Forestga 1 million funt sterling evaziga transfer qilindi va uch yillik shartnoma imzoladi.  U oʻzining birinchi golini 2013-yil 17-avgustda Bolton Uonderersga qarshi oʻyinda urd.[9]

Readinga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 8-avgustda Mackie 2014-15 yilgi mavsum uchun „Reding“ bilan shartnoma imzoladi.[10] U oʻzining birinchi „Reding“dagi golini 2014-yilning 4-noyabrida " Roterxem Yunayted "ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi.

Queens Park Rangers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 16-iyun kuni Mackie Nottingem Forest tomonidan shartnoma bekro qilingandan soʻng ikki yillik shartnoma imzolab, Queens Park Reynjersga qaytib keldi.[11]

Oxford United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 18-iyul kuni Birinchi liganing Oksford Yunayted klubi Mackie bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[12] Unga 19-raqamli futbolka berildi.[13]

Terma jamoadi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 24-avgustda Mackie Shotlandiya terma jamoasi safida oʻynashni xohlayotganini aytdi. Shotlandiya bosh murabbiyi Kreyg Leveyn Mackieni Chexiya va Ispaniyaga qarshi Evro-2012 saralash bosqichiga chaqirishi mumkinligini aytdi.[14]

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida, mavsum va musobaqalardagi oʻyinlari va gollari[15][16]
Klub Mavsum League FA Cup League Cup Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Wimbledon 2003-04 Division One 13 0 3 0 0 0 16 0
Milton Keynes Dons 2004-05 League One 3 0 0 0 0 0 1 0 4 0
Exeter City 2005-06 Conference Premier 23 3 0 0 3 1 26 4
2006-07 Conference Premier 40 5 1 0 4 0 45 5
2007-08 Conference Premier 24 11 2 1 1 0 27 12
Jami 87 19 3 1 8 1 98 21
Sutton United (loan) 2005-06 Conference South 5 2 0 0 0 0 5 2
Plymouth Argyle 2007-08 Championship 13 3 0 0 0 0 13 3
2008-09 Championship 43 5 1 0 1 0 45 5
2009-10 Championship 42 8 1 0 1 0 44 8
Jami 98 16 2 0 2 0 102 16
Queens Park Rangers 2010-11 Championship 25 8 1 1 1 0 27 9
2011-12 Premier League 31 8 3 0 0 0 34 8
2012-13 Premier League 29 2 3 0 1 0 33 2
Jami 85 18 7 1 2 0 94 19
Nottingham Forest 2013-14 Championship 45 4 3 1 1 0 49 5
Reading (loan) 2014-15 Championship 32 5 5 1 2 0 39 6
Queens Park Rangers 2015-16 Championship 17 1 1 0 0 0 18 1
2016-17 Championship 18 1 1 0 0 0 19 1
2017-18 Championship 19 4 1 0 0 0 - 20 4
Jami 54 6 3 0 0 0 57 6
Oxford United 2018-19 League One 42 5 4 1 1 0 1 0 48 6
2019-20 League One 32 2 4 0 4 0 3 0 43 2
Jami 74 7 8 1 5 0 4 0 91 8
Faoliyatidagi umumiy natija 496 77 34 5 12 0 13 1 555 83

Terma jamoadagi statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa safida oʻyinlar va gollar[17]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Shotlandiya 2010 yil 3 1
2011 yil 1 1
2012 yil 5 0
Jami 9 2

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Queens Park Rangers

  • Futbol ligasi chempionati : 2010-11 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Impact Player“. pafc.co.uk. Plymouth Argyle F.C. (2010-yil 18-may). 2010-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Jamie Mackie“. qpr.co.uk. Queens Park Rangers F.C.. 2010-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-sentyabr.
  3. „Jamie Mackie: Oxford United's ex-Scotland forward retires aged 34“. BBC Sport (2020-yil 21-iyul). Qaraldi: 2020-yil 21-iyul.
  4. Klaveren. „23 celebrities you might not know went to school in Surrey“. getsurrey (2017-yil 22-sentyabr). 2019-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  5. „Mackie finally signs for Argyle“. BBC Sport (2008-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 24-yanvar.
  6. „Plymouth Argyle 3–0 Barnsley“. pafc.co.uk. Plymouth Argyle F.C. (2008-yil 12-fevral). 2008-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-fevral.
  7. „QPR sign Plymouth Argyle forward Jamie Mackie“. BBC Sport (2010-yil 18-may). Qaraldi: 2010-yil 18-may.
  8. „Jamie Mackie – Soccerbase“. Soccerbase. Racing Post (2010-yil 18-may). 2008-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-may.
  9. „Jamie Mackie joins Nottingham Forest from QPR for £1m“. BBC Sport (2013-yil 25-iyul). Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
  10. Richardson. „Another Red heads south“. Nottingham Forest F.C. (2014-yil 8-avgust). Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  11. „Return of the Mack“. QPR Official Website. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  12. Pritchard, David. „Former QPR striker Jamie Mackie signs for Oxford United“. Oxford Mail (2018-yil 18-iyul). Qaraldi: 2018-yil 18-iyul.
  13. „First Team 2018/19“. Oxford United F.C.. Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
  14. „QPR striker Jamie Mackie being considered for Scotland“. BBC Sport (2010-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 26-sentyabr.
  15. „Jamie Mackie“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
  16. „Jamie Mackie“. Soccerbase. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
  17. „Jamie Mackie“. NFT. Qaraldi: 2015-yil 5-sentyabr.