Jambul zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jambul zilzilasi - 1917-yil 10 mayda soat 14 dan 51 min. oʻtganda Qozogʻistonning Jambul viloyatida roʻy bergan. Zilzila epitsentri Qirgʻiziston tizmasi (Qirgʻiziston Olatovi)ning gʻarbiy chekkasida qariyb 20 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi epitsentrda (Jalpoqtepa va Grodekovo qishloqlari) 7 ballga, magnitudasi 5,7 ga yetgan. Bu joylardagi binolarning koʻp qismi shikastlangan. Yer qimirlash zilzila oʻchogʻi atrofidagi 90 dan ortiq shahar va qishloqlarda qayd qilingan. Tebranishlar Bishkekdan tortib Andijon va Toshkentgacha sezilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil