Jaloliddin Mirtojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jaloliddin Tursunovich Mirtojiyev (1954.15.2, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1977). M.ning gips, bronzada yaratgan asarlari professional mahorati bilan diqqatga sazovor, asarlaridagi obrazlar yetuk, puxtaligi bilan ajralib turadi. Ilk asarlari "Lola", "Nigora", "Professor Rasulov", "Shum bola" va boshqa Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida M. ijodi yuksak pogʻonaga koʻtarildi: "Bobur" (1993 yil, Andijonda), "Abdulla Qodiriy" (1994, Toshkentda), "Abdurauf Fitrat" (1996—97, Buxoroda), "Abdulhamid Choʻlpon" (1997, Andijon), "Alisher Navoiy" (2001, Moskvada), "Kamoliddin Beqzod" (2003, Chanchun shahri, Xitoyda), Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab, "Temur Malik", "Mirzo Ulugʻbek", "Amir Temur", "Chovgon oʻyinida Bobur" va boshqa asarlarini yaratdi.

MIRXOND, Mir Muhammad ibn Sayid Burhonuddin Xovand-shoh ibn Kamoliddin Maxmud (1433.22.6 — 1498.24.2) — tarixchi olim. Ota-bobolari asli buxorolik boʻlib, fiqh ilmida mashhur boʻlishgan. M. Buxoroda madrasani tugatib, otasi vafotidan keyin Hirotga kelgan. Alisher Navoiy M.ga yirik bir tarixiy asar yozishni topshirgan. Unga Xalosiya xonaqohida joy, maosh tay-inlab, oʻzining boy kutubxonasidan foydalanish uchun imkon yaratadi. M. shu yerda 1494 yilgacha 7 jil dli "Ravzat ussafo fi siyratul-anbiyo val-muluk valxulafo" ("Paygʻambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bogʻi") asarining 6 jildini yozib tugatadi. "Ravzat ussafo"ning mazmuni quyidagichadir: 1jild (daftar) — dunyoning yaratilishidan sosoniylar sulolasi inqirozigacha; 2jild Muhammad (as.) va toʻrt xalifa tarixi; 3jild umaviy va abbosiylar xalifalari tarixi; 4jild — umaviy va abbosiylar davrida Oʻrta Osiyo; 5jild — Chingizxon va chingiziylar tarixi; 6jild — Amir Temurdan Abu Sayd vafotigacha boʻlgan davr tarixi; 7jild — Sulton Husayn va uning avlodi davri tarixi. Bu jildning davomini nabirasi Xondamir (bobosi vafotidan keyin) yozib tugatadi. Dastlabki 6 jild matni Alisher Navoiy taxriridan oʻtadi. Asar matni Bombay (1845, 1848), Tehron 1850-56, 1860; va Lakhnav 1874, 1883, 1890 yillar)da chop etilgan; oʻzbekchaga tarjimasi Muhammad Rahimxon Feruz davri (1865— 73)da amalga oshiriladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Ahmedov B., Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.

Naim Norqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil