Jahondorshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahondorshoh (18-asr) - boburiylar sulolasiga mansub hukmdor. Bahodirshoh I (1643—1712) ning oʻgʻli. Otasi vafot etgach (1712), taxtga oʻtirgan. Ammo, birodarlari — Aziymushshaʼn, Rafiyʼushshaʼn va Jahonshoxlar oʻzaro taxt talashib unga qarshi urush boshlaganlar. Natijada J. 11 oy hukmdorlik qilgach, Agrada boʻlgan jangda Aziymushshaʼnning oʻgʻli — Farax tomonidan oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil