Jahon taekvondo federasiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon taekvondo federasiyasi(inglizcha: World Taekwondo) 1973-yil 28-mayda tashkil etilgan bo‘lib, uning prezidenti Cho Chonvon sanaladi. 1973-yil 25—27 may kunlari Seulda birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. VTF shtab-kvartirasi va bir paytda taekvondo markazi Seulning Yandondagi qiyalik tepasida joylashgan Kukkivon (Koreya) hisoblanadi. Kukkivon 1972-yil 30-noyabrda ochilgan va 1974-yil 7-iyulda hukumat organlari ro‘yxatidan o‘tgan. Kim Un Yon VTFning birinchi prezidenti bo‘ldi va 1980-yil 17-iyulda Butunjahon taekvondo federasiyasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan e’tirofga sazovor bo‘ldi. 2017-yil 24-iyun sanasida Butunjahon taekvondo federasiyasi o‘z nomini World Taekwondo Federation dan World Taekwondo ga o‘zgartirdi[1].

Mahorat darajalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gip — shogirdlik darajasi

Dan — mahorat darajasi

Attestasiya

Boshlang‘ich darajadagilar oq belbog‘dan (10-gip) boshlaydi, 9-gip, keyin 8-gip va 1-gipgacha davom etadi. Oq (10 gip) dan qizil belbog‘gacha (2 gip) attestasiya odatda har uch oyda bir marta o‘tkaziladi. Qora belgili qizil belbog‘ egasi (1 gip) 1-danni olishdan oldin kamida olti oy mashq qilishi kerak. Har bir inson 3,5-4 yil ichida 1-dan qora belbog‘ini olishi mumkin, bu qobiliyat, mashg‘ulot chastotasi va sinov-imtihonga bog‘liq.

Belbog‘ tizimi

  • 10 kip — oq belbog‘
  • 9 kip — sariq chiziqli oq belbog‘.
  • 8 kip — sariq belbog‘.
  • 7 kip — yashil chiziqli sariq belbog‘.
  • 6 kip — yashil belbog‘.
  • 5 kip — ko‘k chiziqli yashil belbog‘.
  • 4 kip — ko‘k belbog‘.
  • 3 kip — qizil chiziqli ko‘k belbog‘.
  • 2 kip — qizil belbog‘.
  • 1 kip — qora chiziqli qizil belbog‘.
  • 1 ta pum — o‘smir bolalar qora belbog‘ining butun uzunligi bo‘ylab qizil va qora (18 yoshgacha),
  • 1-dan—  bitta oltin bezakli qora belbog‘
  • 2-dan — ikkita oltin bezakli qora belbog‘ va hokazo 9-dan.

Usta darajalari

1-3 Dan — instruktor yordamchisi

4-6 Dan — Xalqaro instruktor

7-8 Dan — Usta instruktor

9 Dan — Grandmaster

9-dan faxriy hisoblanadi, u taekvondoni yuksaltirishdagi xizmatlari uchun beriladi. Bu yuksak darajaga Qozog‘iston, Rossiya, AQSH, Indoneziya, Gonduras, Ispaniya, Xorvatiya va Pokiston prezidentlari hamda XOQ prezidentlari - Xuan Antonio Samaranch, Jak Rogge, Tomas Bax, shuningdek, BMT Bosh kotibi Pan Gi- Munlar erishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dept, WTF Communications. „WTF Rebrands to World Taekwondo - World Taekwondo Federation“ (en). World Taekwondo Federation (2017-yil 24-iyun). 2017-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]