Jahon cherkovlari kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon cherkovlari kengashi -ekumen (xristianlik konfessiyalarini birlashtirish tarafdori boʻlgan) harakatning rahbar organi. Uch protestant harakati ("Eʼtiqod va tartib", "Hayot va faoliyat", Xalqaro missionerlik kengashi)ning qoʻshilishi yoʻli bilan 1948-yilda Amsterdamda J. ch. k.ning 1-assambleyasida tuzilgan. Maqsadi cherkovlar oʻrtasida diniy eʼtiqod sohasida mavjud boʻlgan tafovutlarni qiyosan oʻrganib chiqish va amaliy faoliyat sohasida ularni birlashtirish yoʻli bilan yagona xristian uyushmasini vujudga keltirish boʻlgan. J. ch. k.ga 100 ga yaqin mamlakatning 300 dan ortiq cherkovi kiradi. Qarorgohi — Jeneva sh.da.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil