Jadeit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jadeit (ispancha ijada — yon) — silikatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi NaAl(Si2O6). Monoklin singoniyali. Rangi yashil, koʻkimtir va oq, shishasimon yaltiroq. Qattikutigi 6,5—7. Zichligi 3200—3500 kg/ m3. Metamorfik jinslarda, baʼzan kontaktmetasomatik ishqorli jinslarda uchraydi. J. Myanma va AQSH (Kaliforniya), Qozogʻiston, Tojikiston (Pomir), RF (Qutbiy Ural, Gʻarbiy Sayan togʻlari) va b. joylarda topilgan. Oʻzbekistonda metamorfik jinslarda uchraydi. J.dan zargarlik va badiiy bezak buyumlari tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil