Jabrayil Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jabrayil Hasanov

Jabrayil Hasanov Rio-2016 olimpiya oʻyinlarining yopilish marosimida
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 24-fevral 1990-yil (1990-02-24) (34 yosh)
Astra, Ozarbayjon
Sport
Qaysi sport Erkin kurash
Murabbiy(lar)i Aslan Agaev

Jabrayil Hasanov (ozarbayjoncha: Cəbrayıl Həsənov; 1990-yil 24-fevral; SSSR, Ozarbayjon, Astara, Suparibağ) — Ozarbayjonlik erkin kurashchi. 66, 74 va 79 kg vazn toifalarida musobaqalarda ishtirok etgan. Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi va jahon chempionatlari sovrindori. Yasar Dogu Grand-Prisi gʻolibi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. 2011-yilda jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili Hasanov yozgi olimpiya oʻyinlarida beshinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida Jabrayil Hasanov Leonid Bazan va Ali Shabanovlarni yengib, yarim finalda chempion Tatsuhiro Yonemitsuga magʻlub boʻlgan. Oʻtish turnirida Liván Lópezga magʻlub boʻlgan va shu tariqa bronza medali uchun boʻladigan bahsda qatnashish imkonini ham qoʻldan boy bergan[1].

Hasanov Ozarbayjon davlat sport akademiyasini tugatgan. 2000-yildan beri Aslan Agaev unga murabbiylik qiladi.

2015-yil iyun oyida Hasanov dastlabki Yevropa oʻyinlarida erkin kurash sport turining 74 kg vazn toifasida mezbon Ozarbayjon terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Mazkur musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Rio Olimpiadasining erkin kurash boʻyicha −74 kg vazn toifasida Jabrayil Hasanov Karlos Izquierdo va Iakob Makarashvililarni magʻlub etgan. Yarim finalda Aniuar Gudayevga magʻlub boʻlgan. Bronza medali uchun bahsda Oʻzbekistonlik Bekzod Abduraxmonovni magʻlub etgan[1].

2018-yilgi erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida −79 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Hasanov finalda Kyle Dakega 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Final bosqichigacha boʻlgan yoʻlda Ethan Ramos, Ali Shabanau va Ezzatollah Akbarilarni magʻlub etgan[2].

−79 kg vazn toifasida 2019-yilgi jahon kurash chempionati kumush medalni qoʻlga kiritgan. Finalda Kyle Dake Hasanovni 4-2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Jabrayil Hasanov Bio, Stats, and Results“ (en). Olympics at Sports-Reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
  2. „2018 World Championships | United World Wrestling“. unitedworldwrestling.org. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
  3. „Kyle Dake repeats as 79kg wrestling world champion | NBC Sports“. YouTube.