Jaap Haartsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jaap Haartsen
Tugʻilishi 13-fevral 1963 (1963-02-13) (56 yosh)

Jaap Haartsen (talaffuzi: Yap Xartsen; 13-fevral, 1963[1]) «Bluetooth» qurilmasini ixtiro qilgan muhandis.

Biografiya[tahrir]

Eriksson zavodida mehnat qiladigan Yaap Xartsenni blyutusning otasi, deb atashadi. Aynan Xartsen uni ixtiro qilgan. Ilk marta blyutus 1994 yili paydo bo’ldi. Yangilik tez sur’atlar bilan ishlab chiqarishga joriy etildi. Bugungi kunda avtomobil, kompyuter, smartfonlarni blyutussiz tasavvur qilish qiyin. Ma’lumotlarga ko’ra, ikki yil avval butun jahonda blyutus o’rnatilgan 2 milliardga yaqin qurilma sotilgan. Har yili ushbu mahsulotlarni sotish miqdori 35 foizga ortishini qo’shimcha qilish joiz. Ixtiro qilinganidan buyon uning ko’rinishi va o’lchamlari takomillashib bordi. Bu o’rinda «Vay-fay» tizimi undan nimasi bilan farq qiladi, degan savol ham vujudga kelishi tabiiy. Ta’biri joiz bo’lsa, ular yaqin qarindosh hisoblanadi. Garchi vay-fay va blyutus bir xil spektrga ega bo’lgan to’lqin tarqatgichdan foydalansa ham ular bir-biri bilan munosabatga kirisha olmaydilar. Noutbuk, smartfonlarga blyutus ham, «Vay-fay» tizimi ham o’rnatiladi. Lekin ular turli jabhada qo’llaniladi. «Vay-fay» internet tarmog’iga ulanish, ma’lumotlarni qidirish uchun xizmat qiladi. Blyutus esa klaviatura, musiqani tinglash kabi vazifalarni bajaradi. Blyutus nomi qiziq tarixga ega. X asrda Daniya qiroli bo’lgan Harald I «Garold ko’k tish» laqabiga ega edi. Ushbu qirol butun Skandinaviyani birlashtirishga muvaffaq bo’lgandi. Ayni paytda esa blyutus ko’plab elektron qurilmalarni o’zaro bog’lash imkoniyatiga egadir. Boz ustiga foydalanuvchilar uning yordamida ma’lumotlar ham almashadilar. 49 yoshli Yaap Xartsen esa muhandis ma’lumotiga ega bo’lib, butun umrini elektronika sohasiga bag’ishlagan. Uning nomzodi Evropada yilning eng yaxshi ixtirochisi tanloviga qo’yilgan.

Manbalar[tahrir]

  1. Haartsen, Jacobus Cornelis. Programmable surface acoustic wave detection in silicon: design of programmable filters (PDF). TU Delft. 2010-08-04.