Jaʼfariylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Jaʼfariylik — shialikaat diniy-huquqiy tizim. Unga Jaʼfar asSodiq asos solgan deb hisoblasalarda, aslida 9— 10-asrlarda bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. J. sunniylikdagi 4 mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik) qatori islomda 5-diniy-huquqiy mazhab (imomiylar) deb tan olingan. J. mazhabining sunniylikdagi mazhablardan asosiy farqi: jaʼfariylar qiyosni Qurʼon, sunna, ijmoʼdan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladilar. Shialikdagi imomlar naqllarinigina tan oladilar, vaqtinchalik nikoh (mutʼa)ga yoʻl qoʻyadilar, xavf paydo boʻlgan chogʻda oʻz eʼtiqodlarini yashiradilar, ijtihodga imkon yaratadilar. J. 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil