Abulabbos Mustagʻfiriy
Abulabbos Mustagʻfiriy (toʻliq ismi: Nasafiy Samarqandiy Jaʼfar ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Bakr) (961-1041, Nasaf) — tarixchi, adib, muhaddis va faqih. Sam’oniyning „Kitob al-ansob“ asarida yozilishicha, Ab. M. bir qancha vaqt Marv, Saraxs, Ni-shopur, Buxoro va Samarqandda yashagan. 987 yildan Nasaf jome masjidida maʼruzalar oʻqigan. Umrining oxirida Na-safning bosh imom-xatibi lavozimida boʻlgan. U „Kitob tarixi Samarqand“, „Kitob tarixi Nasaf va Kesh“ (2 jil dli k), „Kitob ushshi’r vash-shuaro“ („Sheʼr va shoirlar haqida kitob“), „Kitob ul-vafo“ („Vafo kitobi“), „Kitob daloil in-nubuvva“ („Paygʻambarlik dalillari“), „Kitob uddaʼavot“ („Targʻibotlar kitobi“), „Kitob xutab in-nabiy“ („Paygʻambar xutbalari kitobi“), „Ki-tob tibb in-nabiy“ („Paygʻambar tibbi kitobi“) kabi oʻndan ziyod asarlar yozgan. Uning „Kitob tibb in-nabiy“ asarigina topilib, Tehronda nashr etilgan.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |