Abulabbos Mustagʻfiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abulabbos Mustagʻfiriy (toʻliq ismi: Nasafiy Samarqandiy Ja’far ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Bakr) (961–1041, Nasaf) – tarixchi, adib, muhaddis va faqih. Sam’oniyning "Kitob al-ansob" asarida yozilishicha, Ab.M. bir qancha vaqt Marv, Saraxs, Ni-shopur, Buxoro va Samarqandda yashagan. 987 yildan Nasaf jome masjidida ma’ruzalar oʻqigan. Umrining oxirida Na-safning bosh imom-xatibi lavozimida boʻlgan. U "Kitob tarixi Samarqand", "Kitob tarixi Nasaf va Kesh" (2 jil dli k), "Kitob ushshi’r vash-shuaro" ("She’r va shoirlar haqida kitob"), "Kitob ul-vafo" ("Vafo kitobi"), "Kitob daloil in-nubuvva" ("Paygʻambarlik dalillari"), "Kitob udda’avot" ("Targʻibotlar kitobi"), "Kitob xutab in-nabiy" ("Paygʻambar xutbalari kitobi"), "Ki-tob tibb in-nabiy" ("Paygʻambar tibbi kitobi") kabi oʻndan ziyod asarlar yozgan. Uning "Kitob tibb in-nabiy" asarigina topilib, Tehronda nashr etilgan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abulabbos Mustagʻfiriy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil