JK Simmons

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
JK Simmons
Tavalludi
Jonathan Kimble Simmons

9-yanvar 1955-yil
Taʼlimi Montana universiteti (BA)
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1977-yil–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Michelle Schumacher
Bolalari 2

Jonatan Kimble Simmons[1] (1955-yil 9-yanvar) – amerikalik aktyor. U 200 dan ortiq film va televizion rollarda sur’atga tushgan oʻz davrining eng koʻzga koʻringan aktyorlari safidan joy olgan[2][3]. U Damien Chazellening ''Whiplash" (2014) filmida Terens Fletcher ismli musiqa oʻqituvchisi rolidagi ijrosi uchun „Academy“, „British Academy Film“, "Screen Actors Guild" va „Golden Globe“ kabi mukofotlarni oʻz ichiga oluvchi Supporting Actor naminatsiyasiga sazovor boʻlgan.

Hayoti

Simmons ish boshqaruvchi Patrisiya (qizlik familiyasi Kimble) va Parcells Oʻrta maktabidagi[4] musiqa fani oʻqituvchisi Donald Uilyam Simmonsning[5] oʻgʻli boʻlib, 1955-yil 9-yanvarda[6] Michigan shtatidagi Grosse Pointe[7] shahrida tugʻilgan. Oiladagi uch farzanddan biri boʻlgan Simmons Grosse Pointe-Vudsdagi[8] Ferry boshlangʻich maktabida oʻqigan.1965-yil Simmons 10 yoshga toʻlganida, uning oilasi Ohio shtati Kolumbus shahri chekkasidagi Uortingtonga koʻchib oʻtgan. 1970-yildan 1972-yilgacha u Uortington oʻrta maktabida oʻqib, drama, futbol va xoʻr toʻgaraklariga qatnashgan[9]. 1973-yil Simmons 18 yosh boʻlganida, uning oilasi Montana shtatining Missula shahriga koʻchib oʻtib, u yerda otasi Montana universiteti[7] musiqa maktabi direktori boʻlib faoliyat yuritgan. Kichik Simmons 1978-yilda Montana universitetida Musiqa sanʼati yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan[10][11][12]. Kollej davomida u musiqiy yoʻnalishda faoliyat yurituvchi Phi Mu Alpha Sinfonia jamoasiga aʼzo boʻlgan. Simmons 1977-yildan 1982-yilgacha Montana shtatining Bigfork shahridagi Bigfork yozgi teatrida turli rollarda namoyon boʻlgan. Keyinchalik Sietlga koʻchib oʻtib hamda Sietl repertuar teatriga aʼzo boʻlib, u yerda eng yaqin doʻsti Maykl Smit bilan uchrashgan[10].

Simmons va uning rafiqasi Mishel Shumaxerning ikki farzandi bor. Ularning qizi Olivia Simmons "The Only Good Indian" (2009) va "I’m Not Here" (2017) deb nomlanuvchi ikkita filmda sur’atga tushgan. Oʻgʻli Jo Simmons ham vaqti-vaqti bilan yuqori byudjetga ega boʻlmagan filmlarda rol oʻynagan. Simmons oʻz intervyularining birida bolalarining aktyorlikka boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirganini aytib oʻtgan[13].

U 1975-yilda Montana universitetida tashkil etilgan Phi Mu Alpha Sinfonia deb nomlanuvchi erkaklar musiqiy ittifoqining aʼzosi boʻlgan[14].

Film va televizion rollari

Simmons Sem Raimining "Oʻrgimchak odam" trilogiyasidagi (2002–2007) J. Jonah Jeymson roli bilan tanilgan. U Jeymson rolini Raimining ushbu trilogiyasiga aloqasi boʻlmagan turli Marvel ommaviy axborot vositalarida, bir nechta animatsion filmlarda hamda Marvel kinematik olami filmlarida takrorladi. U "The Cider Rules" (1999), "'Thank you for Smoking'' (2005), „Juno“ (2007), "'Burn After Reading" (2008), "Up in the air" (2009), "Jennifer`s Body'', ''La La Land (2016), Juctise League (2017) va Palm Springs (2020) kabi filmlarda koʻplab yordamchi rollarda sur’atga tushgan. Simmons "Being the Ricardos " (2021) filmida Uilyam Frouli rolini ijro etganligi uchun „Best Supporting Actor“ nominatsiyasi boʻyicha Academy mukofotiga sazovor boʻlgan.

Simmons 1991-yil Broadway sahnasida Piter Pandagi Kapitan Huk rolini, 1992-yilda esa "Guys and dolls" filmidagi Benni Sautstreet rolini ijro etgan[15].

Simmons birinchi marotaba "Popeye Doyle" televizion shousida jonli efir vaqtida patrul xodimi sifatida koʻrinish berdi. Keyingi yili u All My Children dasturida RCMP serjanti sifatida paydo boʻldi. Uning eng mashhur rollari orasida "Law & Order" va "Nyu-York Undercover" filmi toʻrtligining uch qismida politsiya psixiatri doktor Emil Skoda sifatida oʻynagan roli va qamoqxona haqidagi „Oz“ dramasida sadistik neonatsist mahbus Vernon Shillinger boʻlib oʻynagan roli mavjud[16].

U 2017-yildan 2019-yilgacha "Counterpart" ilmiy-fantastik trillerida Govard Silk va Xovard Silk Prime rollarini oʻynagan.

Simmons doʻsti Jeyson Reytman ishlab chiqargan yoki rejissyorlik qilgan bir nechta filmlarda, jumladan Thank You For Smoking, Juno, Up In The Air va Jennifer's Body kabi filmlarda rol oʻynagan. U 2013-yilda Reitmanning „Labor Day“ filmida Mr. Jervis rolida sur’atga tushgan. U 2012-yilgi Nickelodeonning The Legand of Korra seriyasidagi Aang va Kataralarning oʻgʻli hamda Airbending ustasi boʻlgan Tenzin roli uchun ovoz bergan. U „Growing Up Fisher“ filmida koʻzi ojiz advokat „Mel Fisher“ rolini oʻynagan[17]. 2015-yildan 2016-yilgacha Disney XD multfilmi Gravity Falls serialining ikkinchi mavsumida olim Stenford Pins rolini ovozlashtirgan[18].

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „J.K. Simmons“. TV Guide. May 14, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 27, 2015.
  2. „From Spider-Man to Aaron Sorkin: JK Simmons Is Everywhere“. GQ (2021-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
  3. „JK Simmons: 'I still get emotional – how could the universe be so unfair?'“. the Guardian (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
  4. Hinds, Julie. „J.K. Simmons lit up Oscars with simple message“. Detroit Free Press. USA Today (2015-yil 24-fevral). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  5. „Patricia 'Pat' Kimble Simmons“. Missoulian. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  6. „UPI Almanac for Thursday, Jan. 9, 2020“. United Press International (2020-yil 9-yanvar). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar. „… actor J.K. Simmons in 1955 (age 65)“.
  7. 7,0 7,1 Hinds, Julie. Tribute from the Heart. The Detroit Free Press (2015-yil 24-fevral), s. 6A. „...Simmons was born at Bon Secours Hospital in Grosse Pointe and grew up in Grosse Pointe Woods...“.
  8. McFarlin, Jim (September 20, 2011). „Role Call: Actor J.K. Simmons“. Hour Detroit. January 15, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 15, 2020.
  9. „J. K. Simmons Yearbook“. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  10. 10,0 10,1 „J. K. Simmons Biography“. Yahoo! Moviesm. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  11. „Wichita Eagle: Search Results“. Newsbank. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  12. „6 Notable University of Montana Alumni | Famous UM Grads“. ROAM Student Living (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  13. „J.K. Simmons recruited his kids for new low-budget movie“. www.hollywood.com (2019-yil 13-mart). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  14. „Log In ‹ Phi Mu Alpha Sinfonia — WordPress“. www.sinfonia.org.
  15. „J. K. Simmons (Performer)“. Playbill. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  16. „Actor J.K. Simmons. He's a regular on HBO's "OZ" the graphic and disturbing drama of life in ...“. NPR (1999-yil 9-iyul). Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
  17. Stanley. „The Fun of Having a Single Parent“. The New York Times (2014-yil 21-fevral). Qaraldi: 2014-yil 26-aprel.
  18. Lin, Joseph C. (June 12, 2015). „J.K. Simmons to Join Cast of Disney's Gravity Falls“. Time. Qaraldi: November 24, 2017.