J. R. R. Tolkien

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
J. R. R Tolkien
CBE FRSL

Tolkien 1940-yilda
Tugʻilishi
John Ronald Ruel Tolkien

03-yanvar 1892-yil (1892-01-03) (129 yosh)
Vafoti 2-sentabr 1973-yil(1973-09-02)
(81 yoshda)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi Yozuvchi, akademik, filolog, shoir
Bilimi Professor, akademik
Universitet Oxford
Millati Ingliz
Dini Katolik
Mukofotlari Britaniya imperiyasi ordeni (1972)
Bolalari
  • John Francis (1917-2003)
  • Michael Hilary (1920-1984)
  • Christopher John (1924-2020)
  • Priscilla Anne (1929-)

John Ronald Reuel Tolkien (1892-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — ingliz yozuvchisi, shoir, filolog va akademik. Zamonaviy fantaziya adabiyotining otasi. Hobbit, Uzuklar hukmdori, Silmarillion kabi asarlar muallifi. 1972-yil 28-martda qirolicha Yelizaveta II tomonidan Britaniya Imperiyasi ordeni (CBE) qoʻmondoni etib tayinlangan.

Koʻplab boshqa yozuvchilar Tolkien oldin xomxayol asarlarini nashr qilganidan kulishgan boʻlsada, uning asarlari buyuk muvaffaqiyat qozondi jumladan Hobbit va Uzuklar Hukmdori. Bu Tolkienni zamonaviy fantaziya adabiyotining „otasi“ sifatida mashhur qilishiga sabab boʻldi. 2008 yilda The Times jurnali uni „1945 yildan beri 50 ta eng buyuk ingliz yozuvchisi“ roʻyxatida oltinchi oʻringa qoʻydi. Forbes esa 2009-yilda uni eng daromadli „oʻlik mashhurlar“ roʻyxatida 5-oʻringa joylashtirdi.

Tolkien Hobbit va Uzuklar hukmdoriga asoslab oʻnlab asarlar yaratdi. Uning asarlari jamlanib oʻziga xos hayoliy, tarixiy davrni tashkil etadi. Bu davr Oʻrta Yer davri deb ataladi. Bu davrdan qadimiy qirolliklar va shavkatli qirollar, turli millatlar va afsonaviy mavjudotlar, asar uchun yartilgan yozuv va tillar, oʻz nomiga ega mashxur qilichlar va boshqa koʻplab hayoliy narsalar oʻrin olgan. Tolkien yaratga hayoliy olam ayniqsa Piter Jacksonning Hobbit va Uzuklar hukmdoriga asoslangan oltita filmdan keyin dunyo xalqlari hayotidan muhim oʻrin oldi.

Biografiya[tahrir]

John Ronald Reuel Tolkien 1892-yil 3-yanvarda Bloemfontein , Orange Free State (hozirgi Janubiy Afrika)da tugʻilgan.

Exeter kolleji va Oksfordda tahsil olgan. 1916-yilda Fusiliers’da leytenant sifatida xizmat qilgan.

Turmush oʻrtogʻi Edith Bratt(1916 −1971).

Bolalari:Jon Frensis (1917-2003), Maykl Xilari (1920-1984), Kristofer Jon (1924-2020), Priskilla Anne (1929-).

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]