Iğdır genotsidi yodgorligi va muzeyi
Armanlar qirgʻin qilgan shahid turklar xotirasi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Ermeniler Tarafından Katledilen Şehit Türkler Anıt ve Müzesi) yoki Iğdir genotsidi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Iğdır Soykırım Anıt-Müzesi) arman genotsidini inkor etishni targʻib qiluvchi yodgorlik-muzey majmuasidir. Yodgorlik qurilishi 1997-yil 1-avgust — 1999-yil 5-oktyabr oraligʻida Turkiyaning Iğdır shahrida qurilgan. Balandligi 43.5 metr (143 ft) boʻlib, Turkiyadagi eng baland yodgorlik hisoblanadi[1].
Davlat vaziri Ramazon Mirzaoʻgʻli yodgorlikning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, 1915—1920-yillar oraligʻida armanlar Iğdırda deyarli 80 ming kishini oʻldirganini aytib oʻtgan. Shuningdek, ochilish marosimida Turkiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Süleyman Demirel ham ishtirok etgan[2][3].
Yodgorlikning maqsadi Birinchi jahon urushi hamda Turkiya — Arman urushi davrida „Iğdır viloyatida armanlar sodir etgan qirgʻin va taʼqiblarni xotirlash“, deb eʼlon qilingan[4]. Yodgorlik Birinchi jahon urushi davrida armanlar turklarni qirgʻin qilgan, degan gʻoya asosida armanlar genotsidini inkor etish uchun qurilgan[5]. Fransuz jurnalistlari Laure Marchand va Guillaume Perrier yodgorlikka „tarixni qayta yozish va qurbonlarni aybdor shaxslarga aylantirish orqali Turkiya hukumatining 1915-yilgi genotsidni inkor etish siyosatining yakuniy karikaturasi“ deya taʼrif bergan[6]. Bilgin Ayata Armenian Weeklyda yodgorlikni „tajovuzkorlik, millatchilik va ochiq dushmanlik“ deb tanqid qilgan[7]. Adolat va demokratiya uchun Yevropa arman federatsiyasi yodgorlik arman genotsidini inkor etish uchun yaratilganini eʼlon qilib, uni yopishni talab qildi[8].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yodgorlik-muzeyga kirish joyi.
-
Muzeyning bir qismi arman jangari tashkilotlari tomonidan oʻldirilgan turk diplomatlariga bagʻishlangan.
-
Baʼzi kitoblar koʻrgazmalari
-
Muzeyda namoyish etilgan ayrim kitoblar.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkiyada armanlarga qarshi kayfiyat
- Genotsidni inkor etish
- Birinchi jahon urushidagi Usmonlilar davlati qurbonlari
- Usmonli davlati parchalanishi davrida musulmonlarning taʼqib qilinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Iğdır "Soykırım" Anıt-Müzesi (Wayback Machine saytida 2015-03-30 sanasida arxivlangan), Governorate of Iğdır
- ↑ Hofmann, Tessa (October 2002). "Armenians in Turkey Today: A Critical Assessment of the Armenian Minority in the Turkish Republic". Forum of Armenian Associations in Europe: 32. https://www.academia.edu/10766232.
- ↑ „Türk-Ermeni İlişkileri Uluslararası Sempozyumu ve "Iğdır Soykırım Anıtı ve Müzesinin" Açılış“ (Turkish). 2014-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-may. "1915–1920 yılları arasında Iğdır'da yaklaşık 80 bin kişinin Ermeniler tarafından hunharca katledildiği..."
- ↑ „Iğdır Soykirim Aniti“. Türkiye Kültür Portalı. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ Özbek, Egemen (2018). "The Destruction of the Monument to Humanity: Historical Conflict and Monumentalization". International Public History 1 (2). doi:10.1515/iph-2018-0011. "the Iğdır Memorial and Museum of Martyred Turks Massacred by Armenians was built to support the Turkish narrative of genocide denial, arguing that it was the Armenians who massacred Turks and Muslims, not the other way around."
- ↑ Marchand, Laure; Perrier, Guillaume; Blythe, Debbie. Turkey and the Armenian Ghost: On the Trail of the Genocide. McGill-Queen's Press, 2015 — 111–112-bet. ISBN 978-0773597204.
- ↑ Bilgin Ayata, "Critical Interventions: Kurdish Intellectuals Confronting the Armenian Genocide", Armenian Weekly, 29 April 2009.
- ↑ European Armenian Federation for Justice and Democracy. „4 Questions regarding Turkey and the Armenian Genocide“. 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Memorial and Museum to Martyr Turks massacred by Armenians mavzusiga oid fayllar bor