Izolyatsiya (texnika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izolyatsiya (texnika va qurilishda) — asbob-uskunalarni, shuningdek, bino va inshootlarning toʻsuvchi konstruksiyalarini ishlatish va b.da atmosferaning zararli taʼsirlaridan himoya qilish; elektr yoki issiklik energiyalarining yoʻqolishini oldini olish boʻyicha, elektrotexnik quridmalar, roʻzgʻorda ishlatiladigan elektr asboblar yordamida energiyadan xavfsiz foydalanish boʻyicha, asbob-uskunalarning shovqinsiz ishlashi boʻyicha tadbirlar majmui. Mas, binolar, issiklik qurilmalari, sovitish kameralari va b. obʼyektlarning atrof muhit bilan keraksiz issiklik alma-shinuvini oldini olish uchun obʼyektlar issiklik izolyasiya materiallari bilan bir yoki bir necha qatlamda oʻraladi (toʻsiladi) (yana q. Gidroizolyatsiya, Tovush izolyatsiyasi, Elektr izolyatsiya materiallari).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil