Izobarik sirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izobarik sirt — hamma nuqtasida atmosfera havosi bosimi bir xil boʻladigan sirt. I. s.larning oʻzaro joylashuvi havo bosimining fazoda taqsimlanishi toʻgʻrisida taassurot beradi. Sikloida, yaʼni past bosim sohasida I. s.lar botik, sirtlardan, antitsiklonda, yaʼni yuqori bosim sohasida esa qabariq sirtlardan iborat boʻladi (rasmga q.). I. s.ning qiyaligi shamol tezligini aniqlaydi: I. s. qiyaligi qanchalik katta boʻlsa, shamol tezligi shunchalik kuchli ekanligini bildiradi. I. s.ning biror sath (mas, dengiz sathi va b. sirtlar sathi)ga qiyaligi minut ulushlari bilan oʻlchanadi. I. s. sath bilan kesishea, izobaralarni hosil qiladi. Asosiy I. s.lar: 1000, 900, 800, ..., 100 mb, soʻngra 50, 25, 10 mb sirtdir. Meteorologiyada, koʻpincha, asosiy I. s.larning dengiz sathidan balandlik haritalari tuziladi. I.s. 1000 mb dengiz sathiga yaqin, 500 mb dengiz sathidan 5 km chamasi balandda yotadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil